“O‘zstandart” agentligi Metrologiya sohasidagi 2017 yil uchun shiyorining o‘zbek tilidagi tarjimasini
Xalqaro tashkilotlarning rasmiy veb-saytiga joylashtirdi
1875 yil aynan 20 mayda hozirda dunyoning barcha mamlakatlarida keng miqyosda qo‘llnilayotgan Xalqaro birliklar tizimi SI targ‘ib etuvchi hujjat Metrik konvensiya qabul qilingan. Bu kelishuv orqali har yili 20 may dunyo miqyosida “Metrologiya kuni” sifatida keng nishonlanadi. Hozirda dunyoning 97 tadan oshiq davlatlarining 156 tadan ortiq metrologik muassasalari a’zo bo‘lgan o‘zaro tan olishni ta’minlovchi CIPM MRA nomli kelishuvga asos bo‘lib xizmat qiluvchi Metrik konvensiya ushbu sanada yodga olinadi.
Zero har yili Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosi (BIPM) va Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti (OIML) rahbariyati tomonidan metrologiya bo‘yicha yil shiori e’lon qilinadi. Ushbu xalqaro tashkilotlar tomonidan 2017 yilda “Transport uchun o‘lchashlar” yoki ingliz tilida “Measurements for transport” ko‘rinishidagi shior e’lon qilindi.
Bu shior har yili http://www.worldmetrologyday.org/ havolasida maxsus dizaynlar asosidagi posterlarda e’lon qilinadi. Posterning ingliz, fransuz va o‘zbek tilidagi shakllari bilan yuqoridagi havola orqali tanishishingiz mumkin.