Yurtimizda kulolchilik, zardo‘zlik, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi, misgarlik kabi milliy hunarmandlikning ko‘plab turlari madaniy meros sifatida avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda.
“Hunarmand” uyushmasi a’zosi, buxorolik Sayfullo Ikromov temirchi ustalar sulolasining to‘rtinchi avlod vakili. Uning temirchilik ustaxonasida tayyorlangan savg‘abop va uy-ro‘zg‘or buyumlari ko‘plab yurtdoshlarimiz xonadonidan joy olgan. Ushbu san’at namunalari, ayniqsa, milliy pichoq va xanjarlar Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Hindiston, Armaniston va Qozog‘istonda o‘tkazilgan ko‘rgazmalarda xorijlik mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan.
Manba: O‘zA