2017 yil 16 martda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori “Turk standartlari instituti” Bosh kotibi o‘rinbosarini qabul qildi.
Tomonlar “O‘zstandart” agentligi va “Turk standartlar instituti” o‘rtasida 2003 yil 4 martda imzolangan Hamkorlik kelishuviga asosan munosabatlarni mustahkamlashni muhokama qilishdi.
Joriy yilning avgust oyida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlikning 25 yilligi nishonlanadi.
Shu bilan birga, tomonlar “O’zbek Turk Test Markazi” qo‘shma korxonasi faoliyatini yanada rivojlantirish to‘g‘risida fikr almashdilar.
“O’zbek Turk Test Markazi” qo‘shma korxonasi 2003 yil to‘qimachilik mahsulotlarini muvofiqligini baholash maqsadida tashkil etilgan.
Bugungi kunga kelib, “O’zbek Turk Test Markazi” qo‘shma korxonasi muvofiqlikni baholash sohasida elektr texnikasi, charm va poyabzal, mashinasozlik mahsulotlari va menejment tizimini sertifikatlash yo‘nalishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirdi.
“O’zbek Turk Test Markazi” qo‘shma korxonasi sertifikatlashtirish idorasi va sinov laboratoriyasi Uzbekiston Respublikasining Milliy akkreditatsiyalash idorasi tomonidan to‘qimachilik, charm va poyabzal, elektr va mashinasozlik mahsulotlarini sinovi va sertifikatlashtirish hamda sifat menejment tizimini sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha akkreditlangan.
Shuningdek, to‘qimachilik mahsulotlari sinov laboratoriyasi va sifat menejment tizimini sertifikatlashtirish idorasi xalqaro Turkiya akkreditlash agentligi (TURK AK) (akkreditatsiya guvohnomasi № AV-1054-T i № AV-0115-YS) tomonidan akkreditlangan.
2016 yilda sifat menejment tizimini sertifikatlashtirish idorasi tomonidan Respublikadagi 28 ta korxona ISO 9001 standarti talablariga muvofiq sertifikatlandi, sinov laboratoriyasi tomonidan 37 ta sinov bayonnomasi rasmiylaytirildi.
“O’zbek Turk Test Markazi” qo‘shma korxonasini rivojlantirish maqsadida, elektr mahsulotlarini sinash laboratoriyasini akkreditatsiya doirasini elektr mahsulotlarning energiya samaradorlik ko‘rsatkichini aniqlashga kengaytirish uchun kerakli jihozlarni sotib olish masalalarini kelishib oldilar.