“O‘zstandart” agentligi bosh direktori tomonidan tasdiqlangan “O‘zstandart” agentligi rahbariyati va tizim tashkilot rahbarlari tomonidan 2017 yilning 1 yarim yillikda Korakalpogiston Respublikasi va viloyatlardagi shaxar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor kabul jadvali asosan 18 mart kuni Navoiy viloyati Nurota tumani xokimiyati binosida sayyor kabul o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvni Nurota tuman xokimining iqtisodiy masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Nazarov Muzaffar Berdiboyevich ochib, uchrashuvning mazmun mohiyati xususida so‘zlab berdi.
So‘ngra yig‘ilishda “O‘zstandart” agentligining “Metrologiya xizmatlarini ko‘rsatish markazi” davlat korxonasi bo‘lim boshlig‘i Saidoripov Lazizbek Furkatjonovich so‘zga chiqib, shu kabi sayyor qabullarni o‘tkazishdan maqsad tumanda Xalq bilan muloqotni tashkil etish, tadbirkorlarga Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish yo‘nalishlarida konsultativ va amaliy yordam berish ekanligi to‘g‘risida, xamda soxaga oid amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan chora tadbirlar xaqida ma’lumot berdi.
Shuningdek bu yig‘ilishda xududiy SMB mutaxasisisi Murodov D., SSM DK UVUDMT bo‘limi boshlig‘i Ro‘ziyev Y., va yetakchi mutaxassisi Ahmatov M., maxsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi 1-toifali mutaxasissisi Farmanova I., va 70 nafar ruyxat bo‘yicha tashkilot raxbarlari, tadbirkorlik sub’ektlari vakillari xamda jismoniy shaxslar ishtirok etishdilar.
Yig‘ilish davomida “Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, eksportda fermer xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishtirokini xar tomonlama rag‘batlantirish” yo‘nalishida Hukumatimiz tomonidan keng qamrovli ishlar olib borilyotganligi, jumladan 2016 yilning 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4848-sonli Farmoni shu islohotlarning uzviy davomi ekanligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 fevraldagi “Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2750-son Qarori qabul qilinishi tadbirkorlikni rivojlantirishda tub burilish bo‘lganligi to‘g‘risida ham gapirib o‘tildi.
Shundan so‘ng, Respublikamizda amaldagi qonunlarning ijrosi yuzasidan “O‘zstandart” agentligi tizimidagi xududiy Standartlashtirish metrologiya boshqarmasi va Sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonalarida fuqarolarni qabul qilish, xat va arizalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Tadbirkorlar uchun yaratilgan “yagona oyna”, “onlayn hujjatlarni qabul kilish” tizimlari, vazirlik va idoralarda o‘rnatilgan ishonch telefonlari biznesni rivojlantirishga, texnik to‘siqlarni bartaraf etishga shuningdek, shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan. Bu borada “O‘zstandart” agentligi tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirilib kelinganligi to‘g‘risida xam aytib o‘tildi.
Uchrashuv jarayonida, tadbirkorlik sub’ektlariga qulaylik yaratish, ularga standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida qonun buzilish holatlarini oldini olish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazib borilayotganligi, eksportyor korxonalar bilan amaliy ko‘mak berish rejalarini tuzish va kelishish ishlari yakunlanayotganligini borsida ham axborot berib o‘tildi.
Shundan so‘ng yig‘ilish ishtirokchilarning, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, maxsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi faoliyati, sifat tizimi to‘g‘risidagi sohaga oid qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Ma’lumot uchun, Nurota tumani Respublikamizning sanoati rivojlanayotgan tumanlaridan biri bo‘lib ayni vaqtda 521 ziyot korxonalar mavjud bo‘lib, shundan 189 tasi ishlab chiqarish korxonalaridir. Bular jumladan: qurilish mollari, yengil sanoat, yer osti qazilma boyliklari, oziq-ovqat maxsulotlari, servis xizmatlari xamda turli shunga o‘xshash korxonalardir.
Uzbekiston Respublikasining «Standartlashtirish tugrisida»gi, “Metrologiya tugrisida”gi, “Maxsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish tugrisida”gi, “Texnik jixatdan tartibga solish tugrisida”gi, “Muvofiklikni baxolash tugrisida”gi konunlarning ijrosi yuzasidan, xamda Respublika korxonalarida sifatni boshkarish tizimlarini joriy etish yuzasidan “O‘zstandart” agentligi tizimidagi xududiy Standartlashtirish metrologiya boshqarmasi va Sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonalarida fuqarolarni qabul qilish, xat va arizalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga ayrim joylarda fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda yetarlicha axamiyat berilmayapti. Murojaatlar yuzasidan to‘laqonli o‘rganishlar o‘tkazishi, murojaat mualliflariga Qonunda belgilangan tartibda javob berilishi, murojaatlarni boshqa organlarga yuborishda belgilangan muddatlarga amal qilish xamda jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish joylarida murojaat etuvchilar uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi lozimligi aytib o‘tildi va tadbirkorlarga karata shunday savol berildi:
Savol: - Standartlashtirish metrologiya boshkarmasi bilan xamkorlikda olib borilayotgan ishlar kanday xolatda? Murojaatlar kilinganda kanday yordam kursatiladi? deb so‘raldi.
Javob: Standartlashtirish metrologiya boshqarmasi bilan tadbirkorlar doimiy ravishda xamkorlikda ish olib borilishi va murojaatlar bo‘lganda doimiy ravishda amaliy yordamlar ko‘rsatilib kelinayotganligi, ayniqsa eksportga ko‘maklashish byurosi tomonidan bepul xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga quyilganligi aytib o‘tildi.
Savol: (Sunnatov Abror-tuman Statistika bo‘limidan) Maishiy hisoblagichlarni tumanning o‘zida qiyoslashtirishni tashkil etish maqsadida shog‘obcha ochish imkoni mavjudmi?? deb so‘raldi.
Javob: Respublikada aholiga yanada qulayliklar yaratish maqsadida qo‘shimcha 35 ta tumanida shohobchalar tashkil etish rejalashtirilgan. Shu jumladan Navoiy viloyatining 3 ta tumanida shog‘obcha tashkil etish rejalashtirilgan.
Savol: (Nurota tumanidan Nurmanov Nurali). Maishiy elektr energiyasi, gaz va suv xisoblagichlari necha yilda bir marta kiyoslovdan utkaziladi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasining ”Metrologiya to‘g‘risida”gi qonuning 14- moddasiga muvofiq, xamda tekshiruvdan (qiyoslashdan) o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxatiga (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 4 mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2782) asosan energiya manbalarini hisobga olish priborlari, jumladan gaz va suv xisoblagichlari jismoniy shaxslar uchun 4 yilda 1 marta, yuridik shaxslar uchun 2 yilda 1 marta, elektr energiyasi hisoblagichlari jismoniy va yuridik shaxslar uchun 4 yilda 1 marotabani tashkil qiladi.
Savol: (Nurota tumanidan tadbirkor Samiyev Ilhom) Nurota tumanidagi “Deg‘qon bozori» MChJ xamda bozor xududida joylashgan savdo do‘konlaridagi mavjud o‘lchash vositalarini (tosh va tarozilar) to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ishlayotganligini kim nazorat qiladi, biror maxsulot xarid qilayotganda to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri o‘lchanayotganligini bilish uchun nimaga etibor berish kerak?
Javob: Yuqorida keltirilgan meyoriy-xuquqiy xujjatlarga asosan, dexqon bozorida va bozor xududidagi mavjud savdo do‘konlaridagi tosh va tarozilar xar yilda 1 marotaba davlat qiyoslovidan o‘tkazilishi shart.Xaridor maxsulot xarid qilayotganda foydalanilayotgan tarozi toshlarining qiyoslashdan o‘tganligi, unga qo‘yilgan tamg‘aning butligiga, tarozining o‘rnatilgan xolati ya’ni tarozi to‘g‘ri o‘rnatilganligiga, tarozi tablosida nol kursatkichi mavjudligiga xamda uning qiyoslanganlik to‘g‘risidagi pasporti yoki qiyoslash to‘g‘risidagi sertifikati mavjudligiga etibor berish lozim.Bozorda nazorat tarozisi mavjud bo‘lib extiyoj tug‘ilganda xaridor xarid qilgan maxsulotini o‘lchab ko‘rishi mumkin.Bozor xududidagi savdo dukonlaridagi tosh va tarozilarni qiyoslashdan o‘tgan yoki o‘tmaganligini nazorat qilish bozordagi soliq inspeksiyasining ma’sul xodimi xamda bozor ma’muriyati tomonidan olib borilishi lozim.Savdoda qiyoslashdan o‘tmagan o‘lchash vositalaridan foydalanish qatiyan man etiladi.
Bundan tashkari yigilish ishtirokchilariga xalkaro standartlarga muvofik SMTni joriy etgan korxonalarga xukumatimiz tomonidan berilgan imtiyozlar tugrisida va ISO 9001 xalqaro standarti talablariga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini mustakil ravishda joriy etishni xoxlagan tadbirkorlarga qulaylik yaratish va maslaxat sifatida ”O‘zstandart” agentligining www.standart.uz veb saytida ISO 9001 xalqaro standarti talab etgan majburiy xujjatlarning namunalari kritilgan bo‘lib, xoxlagan tadbirkor o‘z korxonasida sifat menejmenti tizimi (SMT) ni joriy etish uchun undan namuna sifatida foydalanishi mumkinligi aytib o‘tildi.
Sayyor uchrashuv kun tartibidagi masalalar muxokama kilindi, kiritilgan taklif va muloxazalarni inobatga olgan xolda kelajakda amalga oshiriladigan ishlar jarayonida ko‘rsatib o‘tilgan masalalarga aloxida e’tiborli bo‘lish xamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 22.07.2004 yildagi 349-sonli va 19.06.2009 yildagi 173- sonli qarorlari ijrosi ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan yuridik va jismoniy shaxslarni sayyor qabul qilish uchrashuvlarida xalq orasida doimiy tushintirish va uning afzalliklari to‘g‘risida tashviqot ishlarini olib borish lozimligi aytib o‘tildi.
Xududiy Standartlashtirish metrologiya boshkarmasi xamda Sinov va sertifikatlashtirish markazi DK bilan tadbirkorlar doimiy ravishda xamkorlikda ish olib borilishi va murojaatlar bulganda doimiy ravishda amaliy yordamlar kursatilishi ta’kidlab o‘tildi.
Uzbekiston Respublikasining 2014 yil 03 dekabrdagi URK-378 sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tugrisida”gi Konunini mazmun va moxiyati xakida kiskacha tushuncha berib utdi. Konun 5 ta bob, 31-moddadan iborat ekanligi, xar bir murojaatlarni kurib chikilish muddatlari anik kuyib berilgani, xukuklari, shakllari, kabul kilish tartibi, xukuk va kafolatlari, munosabatlarni tartibga solish va elektron shaklda murojaat kilish, shaxsiy kabul davomida maxsus texnika vositasi, audio va videolarga olinishi (arizachining roziligi bilan), 10 kun ichida, kushimcha 1 oyga, global masala bulmasa 15 kunda javob kaytarilishi shartligi, xar bir murojaatga yozma ravishda javob kaytarilishi, anonim, vakolatnomasim bulmagan murojaatlar kurib chikilmasligi va murojaat kaysi tilda yozilgan bulsa usha tilda javob berilishi xakida gapirib utildi.
Yig‘ilish so‘ngida “O‘zstandart” agentligining “Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” DK bo‘lim boshlig‘i L.F.Saidoripov yig‘ilish ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirgan holda, bu kabi uchrashuvlar kelgusida ham tashkillashtirilishi hamda muammo va takliflar bo‘lsa “O‘zstandart” agentligining
0-371-150-23-00 raqamli ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishlari, xamda ramiy veb saytlar orkali murojaat qilishlari mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.