Hashar - elga yarashar
Ma’lumki xalqimiz ma’naviyatida, qadryatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud.
Masalan, hashar deb atalgan tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Mazkur tadbirda yoshu-keksa otaxonlarimiz ishtirok etib, farzandlaru, nabiralarga xalqimiz ma’naviyatida, tarixida bir necha yuz yilliklardan buyon e’zozlanib kelinayotgan urf-odatlar, qadryatlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar beradilar.
Respublikamizda joriy yilning 11-12 mart kunlari xayriya hashari sifatida e’lon qilinishida ham katta ma’no bor. Ayni bahor kunlari mahallalarda, mehnat jamoalarida erta tongdan boshlab xayriya hasharlari tashkil etilib, unda xalqimizning barcha qatlami faol ishtirok etmoqda.
“O‘zstandart” agentligida ham xayriya hashariga o‘zgacha hozirlik ko‘rildi. Mazkur tadbir bahona agentlik va uning tarkibidagi korxona va tashkilotlarning hududlarida obodonlashtirish, chiqindilardan tozalash va daraxtlarni oqlash ishlari bajarildi.
E’tiborli tomoni shundaki, mazkur tadbirda “Axborot ma’lumot” markazi xodimlari alohida namuna ko‘rsatib, agentlikning kirish yo‘laklari va ko‘cha hududlarida uyushqoqlik bilan xayriya hasharida qatnashdilar. Obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va daraxtlarga shakil berish ishlari sifatli tashkil etildi.
Albatta, bu kabi xayriya tadbirlari barchani yagona maqsad yo‘lida birlashtirish barobarida, kelajagimiz egalari qalbida mehnatsevarlik tuyg‘usini shakillantirishi bilan ahamiyatlidir.