Ayol va Bahor degan muqaddas kalomlar bejizga yonma-yon yozilmaydi. Biz bahorning kelishi va uning beqiyos go‘zalligini munis ayollarimizning gulgun chehralariga qarab bilib olamiz.

Ayol bir qo‘li bilan beshikni, ikkinchi qo‘li bilan esa dunyoni tebratishga qodir bo‘lgan muhtarama zot hisoblanadi. Shu bois, istiqlol yillarida yurtimizda xotin-qizlarimizga cheksiz hurmat va ehtirom ko‘rsatilib, ularning jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rinlari yildan-yilga faollashib bormoqda.

Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz Respublikamiz xotin-qizlariga yo‘llagan bayram tabriklarida, Jamiyatimizda xotin-qizlarimizga katta hurmat ko‘rsatilib kelinayotgani va eng muhimi kelajagimiz egalarini tarbiyalashda aziz ayollarimizga suyanishlarini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Shundan ham bilsak bo‘ladiki, biz doimo sizning qalbingiz haroratidan, onalarcha mehringiz taftidan kuch-quvvat olamiz.

Agar kasbimiz nuqtai nazari bilan aytganda, dunyodagi barcha narsalarning o‘lchovi va standarti bor. Ammo sizning latofatingiz, malohatingiz, go‘zalligingizni oldida o‘lchovlaru- standartlar ojiz.

“O‘zstandart” agentligining majlislar zalida tashkil etilgan bayram tadbirida go‘zal ayollarimiz sha’niga man shunday so‘zlar yangradi.

E’tiborli jihati shundaki bayram tadbirida agentlik Bosh direktori A. Xaitov tizimda mehnat qilayotgan ayollarni bayramlari bilan qutlar ekan, ularga sog‘lik-salomatlik tiladi. Va o‘z mehnati va fidoiyligi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh xotin-qizlarga estalik sovg‘alarini topshirdi.

Bayram dasturi kuy-qo‘shiqlarga ulandi.

Yana bir bor barchangizga bayram mubork bo‘lsin.