2016 yil 26-27 yanvar kunlari “O‘zstandart” agentligida «Xalqaro elektrotexnika qo‘mitasi faoliyati va ISO/IEC 50001 standartini joriy etishni amalga oshirish tajribasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar Germaniya Fizika-texnika instituti (PTB) bilan hamkorlikda, O‘zbekiston Respublikasidagi korxona va tashkilotlarining energomenedjment sohasidagi xabardorligini va shu bilan birga energiya samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasining vazirlik va idoralari, “O‘zstandart” agentligining xududiy bo‘linmalari, sanoat birlashmalari va akkreditatsiyalangan sertifikatlashtirish organlaridan yuzdan ortiq mutaxassilar ishtirok etdilar.
Germaniya Fizika-texnika institutidan taklif kilingan ekspertlar ISO/IEC 50001 xalqaro standartini joriy etishning afzalliklari, Xalkaro elektrotexnika qo‘mitasining (XEK) energiya samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan standartlashtirish va muvofiklikni baxolash faoliyati, xamda, Xalkaro elektrotexnika qo‘mitasi xamkorlik dasturining afzalliklari bilan tanishtirdi. Seminar yakunida ishtirokchilar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.