Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida
Surxondaryo viloyatidagi "Surxon dori-darmon" mas’uliyati cheklangan jamiyati aholini maqbul narxdagi farmatsevtik mahsulotlar bilan taminlash borasida salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda.
O‘tgan yildan boshlab jamiyat tashabbusi bilan viloyatning qator tumanlarida ijtimoiy dorixonalar tashkil etildi. Aholiga har tomonlama qulay sharoit yaratish maqsadida ochilgan ushbu dorixonalarda mahalliy farmatsevtika korxonalarida tayyorlanayotgan 96 turdagi va xorijdan keltiriladigan 225 turdagi dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari belgilangan qat’iy narxlarda sotilmoqda.
Ana shunday ijtimoiy dorixona endi Termiz shahrida ham xizmat ko‘rsata boshladi.