Mamlakatimiz ta’lim tizimini zamonaviy, jahon talablariga mos ravishda isloh qilish muvaffaqiyatli amalga oshirilib, mamlakatimizda yetuk, har tomonlama malakali mutaxassislar tayyorlashga hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunga yaqqol misol qilib Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga 2016 yil 21 yanvarda sifat menejmenti tizimi sertifikatini topshirilishini olishimiz mumkin.
«O’zbek-Turk Test Markazi» MChJ qo‘shma korxonasining “Sifat menejment tizimi”ni sertifikatlashtirish idorasi tomonidan o‘tkazilgan audit natijalariga asosan, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash” sohasida joriy etilgan sifat menedjmenti tizimi ISO 9001:2008 xalqaro standart talablariga javob berishi tasdiqlandi.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga berilgan sertifikat universitetda ta’lim sohasini yanada rivojlantirishga imkon beradi, olingan natijalar har yili tashqi auditorlar tomonidan baholanadi. Bundan tashqari «O’zbek-Turk Test Markazi» MChJ qo‘shma korxonasining “Sifat menejment tizimi”ni sertifikatlashtirish idorasi Xalqaro akkreditlash forumi (IAF) a’zosi Turkiya akkreditlash tashkiloti (TURKAK)tomonidan akkreditlangan bo‘lib,bu o‘z navbatida berilgan sertifikatlarni halqaro miqyosida tan olinishini ta’minlaydi.