2017-yilning 25-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha AQSh Davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari Daniel Rozenblumni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-AQSh munosabatlari masalalari hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat davomida 2017-yilning 1-fevral kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Amerika-O‘zbekiston savdo palatasining navbatdagi majlisi yakunlari ham ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda AQSh Elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etdi.