O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-fevral kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkinni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, mamlakatlarimizning zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish sohasidagi o‘zaro hamkorligi yuksak darajada ekanini alohida ta’kidladi.
Suhbat chog‘ida ekstremizm, terrorizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
S.Narishkin qabul uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi va Prezident Vladimir Putinning ezgu tilaklarini yetkazdi.
Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori davlatlarimiz xavfsizligini ta’minlash borasidagi dolzarb vazifalarni bajarishdagi o‘zaro hamkorlik darajasini yuqori baholadi.
Manba: O'zA