Elektr testlar va o'lchovlar, barcha elektr tizimlar obyektlari va uskunalari ustidan elektr xavfsizligi bo’yicha nazorat turi hisoblanadi. Uning zamiriga ko’ra, elektr sinovlari elektr nazoratining va elektr qurilmalar xususiyatlarining barcha ko’rsatkichlarini eksperimental aniqlashning asosiy shakli hisoblanadi. Elektr sinovlarining asosiy maqsadi yangi maxsulotlar ishlab chiqarish va foydalanish konstruksiyasi va texnologiyasini sifatli darajaga yetkazishning optimal yechimini tanlashdir. Sinov vaqtida elektr qurilmalar sifatiga, xalqaro tovar almashuv davomida ularning sifat kafolatiga ob'ektiv baho beriladi.
Sinov o’tkazish davomida izolyatsiya qarshiligini o'lchash bayonnomalaridan qurilmaning xavfsizlik va foydalanish imkoniyatlarini buzadigan, tasdiqlangan konstruksiya yoki texnologiyadan chetlashtiradigan kamchiliklarini aniqlanish mumkin. Sinov natijalariga ko’ra topilgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo’yicha tavsiyalar berish va sinov obyektidan foydalanishni butunlay cheklab qo’yish mumkin.
Elektr xavfsizlikka sinashlarni o’tkazishni yangi darajada amalga oshirish maqsadida “O’zstandart” agentligining “Metrologiya xizmatlari ko’rsatish markazi” Davlat korxonasida zamonaviy sinov qurilmasi sotib olindi. Ushbu yangi avlod sinov qurilmasi qurilmalarga o’zgaruvchan, o’zgarmas kuchlanish berish, izolyatsiya qarshiligi qiymatini aniqlash, tok “sizib chiqishi”, quvvat va yerlantirilganlik qiymatini aniqlash, hamda korxonalar laboratoriyasida ishlab chiqarilayotgan maxsulot va qurilmalarni o’sha joyning o’zida sinash imkoniyatiga ega. Shu vaqtgacha “O’zstandart” agentligining “Metrologiya xizmatlari ko’rsatish markazi” Davlat korxonasida sinovlar ma’nan eskirgan qurilma orqali amalga oshirilar edi.