Zamonaviy metrologiya parametrlarini vibrakantroli
Zamonaviy texnologiyalar jarayonlarni va uskunalar holati monitoringini ko'p parametrlari doimiy monitoringi talab qiladi. Eng muhim parametrlardan biri mexanik harakat, eng asosiylari bu ob'ekt joylashuvi (tebranishi) davriy harakat, ayniqsa, test parametrlarini belgilaydi. Bu parametrlar vibroko`chish (tebranish amplitudasi) va tebranish tezligiga (tebranish chastotasi) ega.
Bunday nazorat turli sohalarda zarurdir:
- mashinasozlikda (stanoklarni tebranishi va ishga tushirish buyumlari), yarim o'tkazgichli elektronikada (o'sayotgan kristallarni tebranishini nazorat qilish tizimlari);
- mikroelektronikada (fotolitografiya tebranishi uskunasi);
- avtomobil sanoatida (avtomobillarni ayrim uzellarini tebranishini nazorati va butun avtomobillarni nazorati);
- temir yo'l transportida (poyezdlarni yaqinlashuv datchigi) energetikada (gazli turbinalarni tebranishini nazorat qilish);
- aviasozlikda (turbinalarni urishini nazorat qilish) ishlatiladi.
Ilg'or sensorlarni barcha turlarini metrologik ta'minlash bo`yicha va barcha turdagi tebranish parametrlarini o'lchash tizimlarini nazorat qilish maqsadida "O'zstandart" agentligi " Metrologik xizmatlar ko`rsatish markazi" Davlat korxonasi tomonidan, zamonaviy kalibrlovchi vibrouskuna sotib olindi. Ushbu yangi avlod tizimi akkumulyatordan palevoy sharoitda vibatsiya datchigini kaliberlaydi, shuningdek keng chastota va amplituda tizimlari orqali tarmoqdan laboratoriyada kalibrlash uchun mo'ljallangan. Shuni natijasida, tebranishni jadallashtirish maqsadida, tebranish parametrlarini, vibrotezlikni, va hokazolarni metrologik nazoratdan o'tkazish boshlandi. Bugungi kunga qadar Respublikada zamonaviy vibrouskunalarni metrologik nazoratdan o'tkazish yo`lga qo`yimagan edi. Avvalroq, bunday uskunalarga ega bo`lgan tashkilotlar vibrouskunalarni kalibrlash va qiyoslash uchun xorijiy tashkilotlarga murojaat qilishga majbur bo`lganlar. Bu esa o'z navbatida katta valyutali mablag`ni talab qilardi va ko`p vaqt olardi.