“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan reja dasturiga asosan navbatdagi Sayyor qabul Qoraqolpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida tashkil etildi.
Sayyor qabul tadbiri Ellikqa’a tumani hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda tumandagi jismoniy va yuridik shaxslar taklif etildi. Sayyor uchrashuvda “O‘zstandart” agentligi “Axborot ma’lumot markazi” DK direktori Akbar Daminov ishtirok etib, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, joriy yilda agentlik rahbariyati va hududiy boshqarma va markaz xodimlari joylarda xalq vakillari bilan ko‘proq uchrashuvlarni tashkil etishga va ularni faoliyatlarida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish yo‘nalishlarida amaliy yordam berish ekanligini alohida ta’kidladi. Bulardan tashqari, Sayyor qabul uchrashuvida jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlarini qiziqtirgan boshqa ko‘plab savollariga javob oldilar.
Sayyor uchrashuv tavfsilotlari yuzasidan savol-javoblar e’tiboringizga havola qilinadi.
“Sherkamol Savdo Biznes” xususiy korxonasi direktori Masharipov Sherali.
Savol: - Men 2017 yil yanvar oyida pechene mahsulotini ishlab chiqarish uskunasini Xitoydan olib kelib o‘rnatdim shunga muvofiqlik sertifikatini olish tartibi qanday va uni qanday olaman?
Javob: - Qoraqalpog‘iston sinov va sertifikatlashtirish markaziga murojat qilsangiz sizni qiziqtirayotgan masalalarni hal qilib berish tushuntirildi.
Xususiy tadbirkor Ismailov Shokir
Hozirgi kunda standart talablariga javob bermaydigan gaz hisoblagichlar ko‘p uchrab turibdi. Shuning oldini olish uchun gaz hisoblagich uskunalarini sotish dukonlarini tashkil qilinsa?
Javob: Gaz hisoblagich uskunasi sotish dukonlaridan gaz hisoblagichlarning muvofiqlik sertifikatlari bor yo‘qligini surishtirib xarid qilish lozim.
Tadbirkor Jabbarova Raxima
Savol: - So‘v hisoblagichlarni hozirgi kunda Nukus shahrida davlat qiyoslovidan o‘tkazib turibmiz shuni tumanda tashkil qilishning imkoni bormi?
Javob: - So‘v hisoblagichlarini davlat qiyoslovidan o‘tkazish Qoraqalpog‘iston SSM DK tomonidan 2017 yilgi dasturga kiritilgan va joriy yilning may oylarida ushbu uskuna o‘rnatilib ishga tushiriladi.
Jismoniy shaxs Kudyarov Sh.
Savol: - Fuqoralarning foydalanayotgan elektr o‘lchash uskunasini davlat qiyoslashidan o‘tkazish uchun elektr hisoblagichni elektr ta’minoti korxonalari vakili tomonidan yechib olinib o‘tkazilishi shartmi yoki shuni o‘zining urnatilgan joyida o‘tkazishning imkoni bormi?
Javob: - O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2015 yil 1-dekabrda 2736-son bilan ruyxatdan o‘tgan “Maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori asosida iste’molchilarning elektr hisoblagichlarini davlat qiyoslovidan o‘tkazish uchun hududdagi elektr tarmoqlari korxonalari vakolatli xodimi tomonidan yechib olinib, qiyoslashdan o‘tkaziladi va shu xodim tomonidan joyiga o‘rnatiladi.
Yig‘ilishda yana shunga uxshash ko‘plab savol javoblar bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish so‘ngida “O‘zstandart” agentligi Matbuot, axborot-taxlil va ijro nazorat kotibiyati boshlig‘i A.Daminov yig‘ilish ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirgan holda, bu kabi uchrashuvlar kelgusida ham tashkillashtirilishi hamda muammo va takliflar bo‘lsa “O‘zstandart” agentligning 150-23-00 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilish yoki “yagona portal” orqali bildirishlari mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.
Bundan keyin Ellikqal’a tumani Hokimi o‘rinbosari V.Niyazimbetov qatnashganlarga minnadorchilik bildirib, yig‘ilishni yopiq deb e’lon qildi.