“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan navbatdagi uchrashuv Namangan viloyatining Chortoq tumanida tashkil etildi. Unda tumandagi jismoniy va yuridik shaxslar taklif etildi.
Uchrashuvni Namangan Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i Abdurashid Ubaydullayev ochib, uchrashuvning mazmun mohiyati xususida so‘zlab berdi.
So‘ngra yig‘ilishda “O‘zstandart” agentligining “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi bo‘lim boshlig‘i Xayrulla Abdulxakov so‘zga chiqib, tumanda tashkil etilgan Xalq bilan muloqotni tashkil etishdan maqsad, tadbirkorlarga Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish yo‘nalishlarida amaliy yordam berish ekanligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Shuningdek, yig‘ilishda A. Ubaydullayev “Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, eksportda fermer xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishtirokini xar tomonlama rag‘batlantirish” yo‘nalishida Hukumatimiz tomonidan keng qamrovli ishlar olib borilyotganligi, jumladan 2016 yilning 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4848-sonli Farmoni shu islohotlarning uzviy davomi ekanligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 fevraldagi “Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2750-son Qarori qabul qilinishi tadbirkorlikni rivojlantirishda tub burilish bo‘lganligi to‘g‘risida ham gapirib o‘tdi .
Tadbirkorlar uchun yaratilgan “yagona oyna”, “onlayn hujjatlarni qabul kilish” tizimlari, vazirlik va idoralarda o‘rnatilgan ishonch telefonlari biznesni rivojlantirishga, texnik to‘siqlarni bartaraf etishga shuningdek, shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan. Bu borada “O‘zstandart” agentligi tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirilib kelinganligi to‘g‘risida xam aytib o‘tdi.
Shundan keyin sayyor qabul uchrashuvi qatnashchilariga Namangan standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda “Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi faoliyati, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risidagi batavfsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Namangan SMB da bugungi kunda standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarni yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha davlat inspektorlari, alkogol mahsulotlari sifati bo‘yicha davlat inspektori, me’eriy xujjatlarni ekspertizasi va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi vakili faoliyat ko‘rsatayotganligini aytib o‘tdi.
Uchrashuv jarayonida, tadbirkorlik sub’ektlariga qulaylik yaratish, ularga standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida qonun buzilish holatlarini oldini olish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazib borilayotganligi, eksportyor korxonalar bilan amaliy ko‘mak berish rejalarini tuzish va kelishish ishlari yakunlanayotganligini borsida ham axborot berib o‘tildi.
Sayyor qabul tadbirida “Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi direktori Botirjon Boyboboyev so‘zga chiqib, markazda yaratilgan barcha qulayliklar, uning tarkibidagi bo‘limlar, sertifikatlashtirish idoralari, sinov va qiyoslov laboratoriyalari tomonidan aholi, tadbirkorlar va kichik biznes vakillariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlari haqida, o‘lchov vositalarini qiyoslash ko‘chma avtomobillarda joyida chiqib amalga oshirilayotganligini aytib o‘tdi. Bugungi kunda markazda maxsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha idora faoliyat ko‘rsatayotganligi va uning akkreditatsiya doirasi barcha mahsulotlarga kengaytirilganligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng yig‘ilish ishtirokchilariga, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, maxsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi, sifat tizimi to‘g‘risidagi bukletlar to‘plamlari tarqatildi va ishtirokchilarning sohaga oid qiziqtirgan savollariga javob berildi:
1. “Oromgoh savdo markazi” MChJ dan savol:
- O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xorijiy davlatlarga eksport qilinayotganda, muvofiqlik sertifikatlarini olish majburiymi? Masalan, korxonamizda ishlab chiqarilishi o‘zlashtirilgan yangi turdagi makaron mahsulotini qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasiga eksport qilmoqchimiz?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi 122 - sonli qaroriga muvofiq majburiy emas. Ushbu Qarorining 3-bo‘limi, 1-bandiga asosan mahsulotlarni chet elga eksport qilishda sertifikatlashtirish ixtiyoriy holda amalga oshiriladi.
2. “Ozik-ovkat savdo invest” MChJ dan savol:
- Korxonamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish uchun buyurtmani elektron tarzda berilsa, sertifikatlashtirish idorasiga korxona vakilining borishi shartmi?
Javob: Mahsulotni sertifikatlashtirish uchun buyurtmani elektron tarzda berganingizda sertifikatlashtirish idorasiga borishingiz shart emas. Elektron buyurtmangizga asosan barcha sertifikatlashtirish uchun hujjatlar sertifikatlashtirish idorasi mutaxassislari tomonidan ikki kun ichida tayyorlanib, mahsulotlaringizdan sertifikatlashtirish sinovlari uchun namunalar tanlab olish yoki ishlab chiqarishni o‘rganish maqsadida boriladi. Ushbu jarayonlar davomida barcha sertifikatlashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar rasmiylashtirib olinadi.
3. “Vodiy ta’mir ta’minot bazasi”MChJ dan savol:
- Korxonamizga keltirilayotgan butlovchi qismlarlarni sertifikatlashtirish uchun buyurtmani elektron tarzda berilsa, qanda muddatda sertifikatlashtirish ishlari olib boriladi?
javob: Elektron buyurtmaga asosan barcha sertifikatlashtirish uchun hujjatlar sertifikatlashtirish idorasi mutaxassislari tomonidan ikki kun ichida tayyorlanib, mahsulotlardan sertifikatlashtirish sinovlari uchun namunalar tanlab olish maqsadida boriladi. Ushbu jarayonlar davomida barcha sertifikatlashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar rasmiylashtirib olinadi. Shuningdek doimiy keltirilayotgan maxsulotlarni sertifikatlashtirish 3 sxema bo‘yicha ishlab chiqaruvchi (eksport qiluvchi) korxonaga borgan xolda sertifikatlashtirilsa, shunda 3 yil muxlatda maxsulotni olib qirish protsedurasi yengillashadi.
4 . “Akbar Mubina Amir” MChJ dan savol:
- Chetdan olib keltirilayotgan texnologik uskuna va ularning butlovchi qismlari uchun xorijiy davlatlarda berilgan muvofiqlik sertifikatlarini tan olib, milliy muvofiqlik sertifikatlarini ramiylashtirish bojxona xujjatlarini rasmiylashtirshda kulayliklar yaratadimi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 oktyabrdagi 292-sonli qarori aynan chetdan olib keltirilayotgan texnologik uskuna va butlovchi qismlarini sertifikatlashtirish jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan bo‘lib, ushbu qarorda 50 ta davlatda ishlab chiqarilayotgan texnologik uskuna va ularni butlovchi qismlari uchun rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatlari va sinov bayonnomalarini e’tirof etish ko‘zda tutilgan. Ushbu qarorni qabul qilinishi ishlab chiqaruvchi korxona va tadbirkorlik sub’ektlari uchun bojxona xujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida yengilliklar yaratadi.
5. “Nurillo fayz savdo” XK dan savol:
- Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonida bir martali to‘lovning miqdori qaysi xujjatga asosan hisob - kitob qilinadi?
Javob: Mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan bir martali to‘lov miqdori O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil 11 oktyabrda 2516-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi Sertifikatlashtirish milliy tizimida ish va xizmatlarga xaq to‘lash qoidalari” ga asosan amalga oshiriladi.
6. “Chortok savdo guzari” IChK dan savol:
- Mahsulotga amaldagi me’yoriy hujjatning muddati tugab, o‘rniga yangi me’yoriy hujjat ishlab chiqilgan bo‘lsa, yangi me’yoriy hujjatga asosan boshqatdan muvofiqlik sertifikati olishimiz shartmi? Muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uchun to‘lov nima bo‘ladi?
Javob: Mahsulotga amaldagi me’yoriy hujjatning muddati tugab, o‘rniga yangi me’yoriy hujjat ishlab chiqilgan bo‘lsa, sertifikatlangan mahsulotingizga navbatdan tashqari inspeksiya nazorati o‘tkaziladi. Inspeksiya nazorati vaqtida mahsulotlaringizdan namunalar tanlab olinib, yangi ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatning barcha talablari bo‘yicha sinovlar o‘tkaziladi. Sinovlarning ijobiy natijalariga asosan, muddati tugagan me’yoriy hujjatga asosan berilgan muvofiqlik sertifikati bekor qilinib, o‘rniga yangi ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatga asosan muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirib beriladi. Muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik to‘lovning, dastlabki sertifikatlashtirilgandagi holati amalda qoladi.
7. “Chortok munira shirinliklari” MChJ dan savol:
- Korxonamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotimizni chet elga eksport qilish uchun sertifikatlashtirish idorasiga qanday hujjatlarni taqdim etishimiz lozim bo‘ladi?
Javob: Vazirlar Maxkamasining 2011 yil 28 aprel kungi 122-sonli Qarorining 3-bo‘limi, 1-bandiga asosan mahsulotlarni chet elga eksport qilishda sertifikatlashtirish ishlari ixtiyoriy holda amalga oshiriladi. Hozirgi kunda Namangan shahar, Nodira kuchasi, 9-uyda joylashgan Namangan markaziga murojaat etsangiz mahsulotingizni ixtiyoriy sertifikatlashtirish uchun xujjatlarni tayyorlashda amaliy yordam beriladi.
8. “Chortok non” MChJ dan savol:
- Sertifikatlashtirilishi ixtiyoriy bo‘lgan maxsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonida me’yoriy xujjatdagi barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha sinovlardan o‘tkazish majburiymi yoki majburiy emasmi?
Javob: Sertifikatlashtirish idorasi buyurtmachi bilan kelishilgan xolda maxsulotning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinovdan o‘tkazib, sertifikatlashtirishni amalga oshiradi.
9. “Aziz Xalim Karim” MChJ dan savol:
- Mahsulotlarni muvofiqligini deklaratsiyalash yo‘li bilan sertifikatlashtirish uchun, korxonada sifat tizimi sertifikatlangan bo‘lishi shartmi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2015 yil 6 aprelda 1465-son bilan ro‘yxatga olingan “Mahsulotlarni xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash” tartibining 3-xat boshisining 3-bandiga asosan mahsulotlarni muvofiqligini deklaratsiyalash yo‘li bilan sertifikatlashtirish uchun korxonada sifat tizimi sertifikatlangan bo‘lishi shart.
10. «Kualitativ oil» MChJ dan savol:
- Korxonamizga xorijdan ishlab chiqarish dastgohlari qismlarga ajratilgan holda olib kelinmoqda. Ushbu dastgohlarga muvofiqlik sertifikatini olish tartibi qanday?
Javob: Qismlarga ajratilgan holda olib kelingan ishlab chiqarish dastgohlari ishlab chiqarish joyiga o‘rnatilib ishga tushirilgandan so‘ng muvofiqlik sertifikti rasmiylashtiriladi. Bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish uchun “O‘zstandart” agentligi yoki uning hududiy markazlaridan dastgohlar joyiga o‘rnatilib ishga tushirilgandan so‘ng muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirish to‘g‘risida ma’lumotnoma olishingiz mumkin.
11. “Chortok marvaridi” MChJ dan savol:
- Sertifikatlashtirilishi majburiy bo‘lmagan mahsulotlar ro‘yxati qaysi xujjatda keltirilgan? Ma’lumot bersangiz.
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2011 yil
28 apreldagi 122-sonli Qarorini 1-ilovasida sertifikatlashtirilishi majburiy bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu ro‘yxat bilan “O‘zstandart” agentligi va yoki Namangan markazining veb-saytlariga murojaat qilib, tanishingiz mumkin.
12. Jismoniy shaxs E.Abdullayevdan savol:
- Maishiy gaz xisoblagichlarning yaroqliligi yoki yaroqsizligi to‘g‘risidagi rasmiy xulosa kim tomonidan beriladi?
Javob: Maishiy gaz xisoblagichlarning yaroqliligi yoki yaroqsizligi to‘g‘risidagi rasmiy xulosani faqat davlat metrologik xizmati korxonasi mutaxassislari tomonidan davlat metrologik tekshiruvining natijalariga muvofiq.
13. Jismoniy shaxs U.Raximovdan savol:
- Qanday o‘lchash vositalari majburiy davlat qiyoslovidan o‘tkazilishi kaysi normativ xuquqiy xujjatda ko‘rsatib o‘tilgan?
Javob: Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tadbiq etiladigan doiralarda qo‘llanilayotgan o‘lchash vositalari majburiy davlat qiyoslovidan o‘tkaziladi. Bu talab O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan.
14. Jismoniy shaxs A.Mamadjanovdan savol:
- Yangi ishlab chiqarilgan elektron elektr xisoblagichlar qiyoslashga taqdim qilinishi shartmi?.
Javob: Yuq, shart emas. Yangi xisoblagichlar ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qiyoslashdan o‘tkaziladi va uning pasportiga qiyoslanganligi to‘g‘risida kerakli yozuvlar kiritiladi.
15. Jismoniy shaxs B.Xodjayevdan savol:
- Dehqon bozorlarida mahsulotlarni sotishda foydalanilayotgan o‘lchash vositalari (tarozi va tarozi toshlari) qanday muddatlarda davlat qiyoslovidan o‘tkazilishi shart?
Javob: O‘zbekiston Respublikasining O‘lchash vositalari nomlar ro‘yxatiga muvofiq Dehqon bozorlarida mahsulotlarni sotishda foydalanilayotgan tarozi va tarozi toshlari 1 yilda 1 marotaba davlat qiyoslovidan o‘tkazilishi shart.
16. “Sadokat” MChJ dan savol:
- Korxonamiz O’z DSt ISO 9001:2009 standarti bo‘yicha sertifikatlangan. Bu yil tizimni O’z DSt ISO 9001:2015 taxriri bo‘yicha sertifikatlashtir-moqchimiz. Buning uchun biz korxonamizda ishlab chiqilgan SMT xujjatlarini bekor qilib, yana yangi taxrirda ishlab chiqib joriy qilishimiz kerakmi?
Javob: Yangi taxrirda standartda majburiy protsedura xujjatlarini, sifat bo‘yicha qo‘llanmani ishlab chiqishga bo‘lgan talablar mavjud emas. Bu standarni joriy qilishda korxona xodimlari ijodiy yondoshgan xolda ishlab chiqishni tavsiya etmoqda. Xar bir jarayon xujjatllarini ishlab chiqishda jarayonga ta’sir qiluvchi xavflar (riski) va korxona imkoniyatlari xisobga olinishi kerak.
17. “Shodlik Chortok Invest” XK dan savol
- Oldin SMT ga berilayotgan sertifikat 3 yil muddatga berilar edi. Xozir esa 5 yil muddatga berilayotganini eshitdim. Shu to‘g‘rimi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2016 yil 16 yanvarda 2754-son bilan ro‘yxatga olingan “Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” ga asosan SMTga sertifikat 5 yil muddatga beriladi.
Yig‘ilish so‘ngida “O‘zstandart” agentligining Namangan SMB boshlig‘i A.Ya.Ubaydullayev yig‘ilish ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirgan holda, bu kabi uchrashuvlar kelgusida ham tashkillashtirilishi hamda muammo va takliflar bo‘lsa “O‘zstandart” agentligining 0-371-150-23-00 raqamli ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.