Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini nazorat qilish maqsadida laboratoriyalar tashkil qilingan. “O‘zstandart” agentligining Buxoro standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi tomonidan ushbu laboratoriyalar shahodatlanib amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Viloyatda mavjud tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirib kelayotgan non va non mahsulotlari yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy asbob uskunalar bilan ta’minlangan “GAZLI DON” MChJ, “BUXORO SHOXRUXBEK FAYZ” MChJ va “NAMOZGOH PLYUS” MChJ ishlab chiqarish laboratoriyalari shahodatlandi.