Navoiylik “Hunarmand” uyushmasi a’zosi Obida Qodirova tikuvchilik va patdo‘zlik bilan shug‘ullanadi.
Uning milliy va zamonaviylik uyg‘unlashgan hunarmandchilik namunalari ko‘pchilik e’tiboriga tushgan, turli ko‘rgazmalarda namoyish etilgan. Ayni paytda hunarmand tikuvchilikka ishtiyoqi baland qizlarga “ustoz-shogird” an’anasi asosida o‘z kasb sirlarini qunt bilan o‘rgatmoqda.
Manba: O'zA