16-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyevning YeXHTning O‘zbekistondagi koordinatori Dj.Makgregor bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va YeXHT o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.
Shuningdek, uchrashuvda tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan ba’zi xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.