“O‘zstandart” agentligi joriy yilning 15 fevral kuni Milliy matbuot markazida Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi mavzusida jurnalistlar uchun navbatdagi matbuot anjumani tashkil etdi
Respublikamizda xalqimiz salomatligini asrab-avaylash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish masalalari Davlatimiz siyosatining ustivor vazifalaridan biri hisoblanadi.
E’tiborli tomoni shundaki, keyingi yillarda “Standartlashtirish to‘g‘risida”,”Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida” hamda “Oziq –ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi va “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qabul qilingan qonun hujjatlari yana bir bor aholi salomatligini huquqiy jihatdan mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlar deyish mumkin.
Respublikamiz Prezidentining tashabbusi bilan barpo etilayotgan Hazorasp,G‘ijduvon, Urgut, va Qo‘qon shahri hududlaridagi erkin iqtisodiy zonalarida “O‘zstandart” agentligining ilmiy ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan. Bu ham o‘z navbatida sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga amaliy yordam beradi.
“O‘zstandart” agentligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda bozorlarimizni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish, aholi iste’mol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini yaxshilash masalasiga katta e’tibor qaratib kelinmoqda.
Agentlikning Toshkent shahridagi 3ta, va Qashqadaryo viloyatidagi 1ta sinov labaratoriyalari ya’ni oziq-ovqat labaratoriyalari xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Shuningdek agentlikning xalqaro hamkorligi natijasida Shveysariyaning “SGS” Kompaniyasi bilan mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Buning natijasida 7 turdagi mahsulotlarga xalqaro darajada sinov bayonnomalari rasmiylashtirish bilan dunyoning 140 davlatida tan olinishi ta’minlandi.
2017 yilning o‘zida yana 4ta sinov labaratoriyalarini xalqaro darajadagi akkreditatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu harakatlar o‘z navbatida oziq-ovqat mahsulotlari sifatini oshirishga katta yordam beradi.
Shuningdek joriy yilda Surxondaryo viloyatida oziq-ovqat mahsulotlarini sinash labaratoriyasi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan sayi-harakatlarga qaramay, ayrim holatlarda iste’molchilar sifatsiz mahsulotlarga duch kelmoqdalar. “O‘zstandart” agentligi jismoniy va yuridik shaxslarning murojjatlari asosida o‘tgan yildan boshlab oziq-ovqat mahsulotlarini labaratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazish ishlarini yo‘lga qo‘ydi.
Ming afsuski, agentlikning hududiy markazlari tomonidan o‘tgan 2016 yilining o‘zida 1.mlrd, 962mln, 658 ming so‘mlik mahsulotlar yaroqsiz deb topildi. Bu ishlarning davomi sifatida 2017 yilning yanvar-fevral oylarida jami 1 mlrd, 123 mln, 613 ming so‘mlik mahsulotlar yaroqsiz deb topildi.
Bulardan tashqari joriy yilning o‘zida agentlikning hududiy markazlari tomonidan mahsulotlar ustidan 703 ta inspeksiya nazorati o‘tkazilib, standart talablari buzilganligi sababli 16 ta muvofiqlik sertifikati amal qilish muddati vaqtincha to‘xtatildi. 52 ta muvofiqlik sertifikati korxonaning xatiga asosan bekor qilindi.
Shu o‘rinda Respublikamizda mahsulotlarning sifatini oshirish uchun yangi standartlarni qabul qilish borasida qisqacha ma’lumot.
Hozirgi kunda Respublikamizda amalda bo‘lgan 21 mingga yaqin standartlarning 2700 ga yaqin standartlar xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirilib, xalqaro talablar darajasiga olib chiqilmoqda.
Shundan 952 ta standartlar aynan oziq-ovqat sohasiga tegishlidir.
Aynan bu borada “O‘zstandart” agentligi tomonidan tegishli vazirlik hamda idoralar bilan hamkorlikda amaldagi standartlarning xalqaro standatlar bilan uyg‘unlashtirish darajasini qariyb ikki barobarga oshirish rejalashtirilgan.