Sertifikatlashtirish yo‘nalishi bo‘yicha


Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi-kadrlar tayyorlashning muhim omili Istiqlol yillarida mamlakatimizda ilm-fan rivoji, ta’lim-tarbiyaga bo‘lgan e’tibor tubdan o‘zgardi. Beqiyos g‘amxo‘rlik tu fayli yoshlarimiz har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun barcha shart-sharoit yaratilmoqda. Joriy yilning 1 fevral kuni Buxoro davlat universiteti “Turizm” fa’kultetida ta’lim olayotgan Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha) to‘rtinchi bosqich talabalari “Turizm” kafedrasi o‘qituvchisi Toxirov Javlon Raximovich rahbarligida «Buxoro standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi» va «Buxoro sinov va sertifikatlashtirish markazi» davlat korxonasi xodimlari bilan uchrashdilar. Davra suhbatida Buxoro SSMDK yetakchi mutaxassisi Sh. Xaydarov va Buxoro SMB mutaxassislari J.Mamatnazarov, F.Jurayevlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad fan- ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirish, kadrlar tayyorlashni sifatjihatdan yuqori bosqichga ko‘tarish. Uchrashuvda servis korxonalari mahsuloti, xizmatini sertifikatlashtirish va sifatini boshqarishga doir ma’lumotlar berildi. Mahsulotlarni standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarini yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan faoliyat xususida soha mutaxassislari tomonidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Talabalar sohaga doir o‘zlariga qiziqarli bo‘lgan savollarga javob oldilar. Uchrashuvdan so‘ng laboratoriya xonalariga ekskursiya uyushtirildi. Ekskursiya davomida mutaxassislar talabalar bilan birgalikda amaliy sinovlar o‘tkazdilar. Bu esa talabalarning olgan bilimlarini yanada mustahkamlashga ko‘mak berdi.