Samarqand rahbarlari aholining uylariga borib muloqot qilmoqda
Joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish, oddiy aholini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida uchrashuvlar uyushtirilmoqda.
Samarqand viloyatida ham bu borada ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda, hususan Samarqand standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i B.Jabborov hamda viloyat sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat korxonasi direktori S.Qo‘shaqov va xodimlar viloyatning Narpay tumani aholisi bilan uchrashdi hamda Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan istiqbolli g‘oyalardan parrandachilikni, qoramolchilikni rivojlantirish, mevali daraxtlar, yong‘oq, limon ekishni tashkil etish bo‘yicha tavfsiyalarini berishdi.
Shuningdek, joylarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, SMTni joriy etish masalalari bo‘yicha muammolar o‘rganish, sohalar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish, aholining xuquqiy bilimini oshirish, shu bilan birga, ularni yer maydonlaridan unumli foydalanishni tashkil etish, xalqni tadbirkor qilish maqsadida har bir xonadonlarga kirib muloqotlar uyushtirilmoqda.
Boshqarma va markaz rahbariyati tomonidan joylarda aholi bilan muloqot ishlari davom ettirilmoqda.