Dehqon bozorlarida olib borayotgan ishlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2015 yil 27 iyunda o‘tkazilgan mahsus selektor yig‘ilishi bayonining 20-bandi topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, hududdagi dehqon bozorlarida mavjud ma’nan eskirgan pallali tarozi va toshlarini zamonaviy elektron tarozilarga almashtirish bo‘yicha Viloyat xokimligi tomonidan tasdiqlangan reja jadvalini bajarilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Dehqon bozorlarining savdo rastalari va savdo yarmarkalari joylashgan maydonlarning ko‘rinib turadigan joylariga “Nazorat tarozi” yozuvli nazorat tarozilarini o‘rnatib, har kuni belgilangan joylarda bo‘lishligini, tarozilar uchun mas’ul hodim biriktirilishini, bozor hududidagi istemolchilarga ma’lumot beruvchi eskirgan bannerlarni yangilashni hamda hususiy tadbirkorlarga tegishli elektron tarozilarni qiyoslash ishlarini tashkillashtirishda amaliy yordam bermoqdalar.
Tosh-tarozilarning qiyoslanishi hududdagi barcha bozorlar va savdo shaxobchalarida keng ko‘lamda amalga oshirilib, tadbirkorlar va aholiga savdodagi muomalada ishonchlilik uyg‘otmoqda.