O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi “2020 yilgacha bo‘lgan davrda milliy infratuzilmalar sifatini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda sifat infratuzilmasini yangi bosqichga ko‘tarishga dasturi amal bo‘lmoqda.
Barcha viloyatlar kabi Samarqand viloyatida ham bu borada ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda hususan, Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat korxonasi tomonidan 2016 yilda zamonaviy 5 ta sinov va qiyoslov uskunalari harid qilindi hamda joriy yilda yana 7 ta uskunalar xarid qilish belgilangan hamda harakat dasturiga asosan ishlar amalga oshirilmoqda.
Samarqand viloyatida sifat infratuzilmasini rivojlantirish va vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etishda viloyat hokimligi ham o‘z xissasini qo‘shib kelmoqda.
Hususan joriy yilning 17 yanvar kuni viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq korxonalarda sifat menejment tizimlarini joriy etishni jadallashtirish, laboratoriyalarni akkreditatsiyadan o‘tkazishni ta’minlash hamda halqaro akkreditatsidan o‘tkazishga tayyorlash, o‘lchov va sinov vositalarini zamonaviylariga almashtirish, viloyatda mavjud energoresurslarni hisobga olish xisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazishni to‘liq qamrab olish va bozorlardagi eskirgan tarozilarni zamonaviylariga almashtirish kabi ustuvor vazifalar belgilangan.
Ushbu vazifalarni bajarishga mas’ul bo‘lgan viloyatning standartlashtirish metrologiya boshqarmasi, sinov va sertifikatlashtirish markazi, “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Markazgazta’minot” UK, viloyat “Suvoqova” DUK va viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish sifat infratuzilmasini yangi bosqichga ko‘tarishga olib keladi hamda sifat va standartlar uyg‘unligi ta’minlanadi.