“O‘zstandart” agentligining 2015-2020 yillarda “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarini rivojlantirish” strategik rejasiga muvofiq respublikaning Samarqand va Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazlari qoshidagi sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish idoralarini halqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish harakat dasturi belgilangan.

Xalqaro darajada e’tirof etilgan Turkiya davlatining “TURK AK” akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tishi belgilangan ushbu idoralar hozirgi kunda agentlik tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan boshlang‘ich audit o‘tkazilmoqda.

Turkiya ekspertlari Andijonda ISO/IEC 17021-1:2015 “Menejment tizimlarining auditi va sertifikatlashtirishni amalga oshiradigan idoralariga qo‘yiladigan talablar” standarti bo‘yicha baholash auditini o‘tkazishmoqda, shuningdek, joriy yilning 9-10-fevral kunlari Samarqand markazida baholash auditi o‘tkaziladi. Dasturga ko‘ra, 2017 yilning 1-choragida ushbu menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idoralarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish ishlari o‘z nihoyasiga yetkaziladi.

Ushbu standart bo‘yicha idoralarning halqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishdan asosiy maqsad, muvofiqlikini baholash jarayonlarini halqaro miqyosda tan olinishini ta’minlash, bu esa o‘z navbatida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni jahon bozoriga chiqishiga yo‘l ochish va savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishdan iboratdir.