Muxtaram Prezidentimiz tomonidan 2017 yilni - “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinganligi davlat idoralarining xalqimizga xizmat qilishi zarurligini yana bir bor belgilab berdi.
O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 3 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan joylarda o‘tkazilayotgan “sayyor qabul”lar ham Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarning uzviy davomidir.
“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori hamda xududiy bo‘linmalar tomonidan tasdiqlangan rejalar joylarda muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.
Hususan, Samarqand viloyatida ham ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 13 yanvar kuni Samarqand shahar, 25 yanvar kuni Payariq tuman hokimliklarida tashkil etilgan sayyor qabullarda ham sohaga oid ko‘pgina muammoli masalalar o‘z yechimini topdi.
Shu bilan birgalikda o‘tkazilgan sayyor qabullarga munosabatlar bildirildi, bulardan Payariq tumani “Alisher Navoiy” mahallasi raisi B.Xidirov – “Tashkil etilgan sayyor qabullar xalqning xuquqiy ongi yuksalishiga xizmat qilmoqda, bizga kelib o‘z huquqimizni anglatgani uchun minnatdorchilik bildiraman hamda mahsulot sifatini nazorat qilishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish eng ta’sirchan chora degan fikrlaringizga qo‘shilaman”.
Samarqand shahar Nuroniy jamg‘armasi “Ayollar Qanoti” kengashi raisi G.Xusainova “Yuqorida bildirilgan savol- javob va mulohazalar bugungi kunning dolzarb masalalaridan bo‘lib, ko‘pgina ma’lumotlarga ega bo‘ldim. Maxalla fuqarolar yig‘ini va nuroniylar jamgarmasi viloyat bulimi bilan xamkorlikda maxallalarda tashkil etilgan iste’molchilarning xuquqlarini ximoya qilish komissiyalari ma’sullariga sohalar bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish kerakligi bo‘yicha takliflar bildirildi.
Sayyor qabulda “O‘zstandart” agentligi, uning hududiy boshqarma va markazlari xalqimizga xizmat ko‘rsatishga tayyorligini bildirishdi. Shu bilan birga agentlik Bosh direktorining virtual qabulxonasi, agentlik hamda boshqarma va markazlar ishonch telefonlari rasmiy veb saytlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.