Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazining o‘lchov vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruvi bo‘limi O’z Dst ISO/IEC 17025:2007 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga quyiladigan umumiy talablar”iga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.10.2015 yildagi 292-sonli metrologik xizmatlar va muvofiqlikni baholash organlari faoliyatini inspeksiya nazorat qilish va akkreditatsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq deb topilib, akkreditatsiya doirasi kengaytirildi. Natijada 9 turdagi yangi qiyoslash usullari o’zlashtirildi.

Jumladan:

1. Geometrik kattaliklarni o‘lchash: barcha turdagi rastomerlar - o‘lchash chegarasi 0÷2.5 m;

2. Ogirlikni o‘lchash: barcha turdagi kranli tarozilar - o‘lchash chegarasi (0÷5000) kg;

3. Temperatura va fizik isiqlikni o‘lchash: termopara va barcha turdagi termoelektricheskiy termometrlar - o‘lchash chegarasi - 30°S ÷155°S;

4. Suyuqlik termoparasini o‘lchash shu qatorda simoblik va bimetallik - o‘lchash chegarasi - 30°S ÷300°S;

5. Bosimni o‘lchash: U- turidagi manometr - o‘lchash chegarasi 0÷1000 mm suv.ust;

6. Sarf xajimni o‘lchash: kritik mikrosoplalar - o‘lchash chegarasi 0.01÷25 m³/h;

7. Fizik kimyoviy o‘lchashlar: barcha turdagi oynali kapillyar viskozimetrlar

- o‘lchash chegarasi (0,6÷3000) mm2/s;

8. O‘lchov vositalarini va sinov uskunalarini attestatsiyalash: Juravleva sinov uskunasi - o‘lchash chegarasi Ø30 mm;

9. Maishiy gaz xisoblagichlarini qiyoslash uskunasi - o‘lchash chegarasi 40 m³ gacha.

Yaqin hududlarda joylashgan jismoniy va yuridik shaxslar, tadbirkorlar o‘lchash vositalari hamda sinov uskunalarini Toshkent shaxriga va Samarqand viloyatiga olib bormasdan Sirdaryo viloyatida tekshuruvdan o‘tkazish qulayliklari yaratildi. Bu bilan jismoniy va yuridik shaxslarni, tadbirkorlarni vaqti hamda yo‘l xarajatlarini tejashga erishildi.