Jizzax viloyat xokimligi tomonidan tasdiqlangan, ”Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo sanoat palatasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi xududiy bo‘limlari” va eksportga ko‘maklashuvchi boshqa tashkilotlar bilan xamkorlikda, maxsulot ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalar ishtirokida o‘tkaziladigan seminarlar reja jadvalga asosan 06.02.2017 yil kuni Jizzax viloyat xokimligi kichik majlislar zalida viloyatning bir qator eksportyorlari va tadbirkorlari ishtirokida xalqaro sifat tizimi to‘g‘risida seminar tashkil etildi.
Seminarda“DQS Quality Sistems” LLC Xalqaro darajada akkreditlangan sertifikatlashtirish organi raxbari A.Gaitov ma’ruza qildi.
Ma’ruzada xalqaro ISO 9001 standarti mazmun moxiyati, uni qay tartibda joriy etish uning avzalliklari to‘g‘risida tadbirkorlarga tushunchalar berildi. Yig‘ilish so‘ngida tadbirkorlar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.