Tadbirkorlik sub’ektlari DIQQATIGA 20 ta yangi standart joriy etilmoqda!
“O‘zstandart” agentligining 2017 yil 30 yanvardagi DS-73-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida 20 ta yangi davlatlararo standartlar 2017 yil 1 avgustdan joriy etilmoqda va 6 ta davlatlararo standartlar amal qilishi to‘xtatilmoqda deya habar bermoqda agentlik Matbuot xizmati.
Ushbu yangi davlatlararo standartlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida joriy etilishi, respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligi va sifatini oshirilishiga, bozorimizni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashga hamda eng asosiysi Yurtimizning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Respublikamizda 20 ta yangi davlatlararo standartlarni joriy etilishi, bir nechta sanoat korxonalarida ishlab chiqarish texnologiyalarini tubdan yangi davlatlararo standart talablariga mos ravishda mahsulot ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rishi ya’ni hozirgi kunda foydalanib kelayotgan eski texnologiyalarini yangi zamonaviy texnologiyalarga almashtirishi davr talabiga aylandi. Aks holda ushbu korxonalar o‘z faoliyatini ya’ni aynan o‘sha mahsulotlarni ishlab chiqarilishini to‘liq to‘xtatishlari zarur bo‘ladi.
Bundan tashqari, sinov laboratoriyalari ham sinov uskunalarini ushbu davlatlararo standart talablariga mos ravishda sinovlarni o‘tkaza oladigan sinov uskunalari bilan qayta jihozlashlari kerak bo‘ladi.
Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi, Axir “Zaparoj” avtomashinasini sinash uskunasi bilan qanday qilib zamonaviy “Neksiya” avtomashinasini sinash mumkin?
Hurmatli tadbirkorlar! yuqoridagilarni inobatga olib, “O‘zstandart” agentligi Sizlarga ishlab chiqarish jarayonlarini yanada mukammalashtirish maqsadida 7 oy muxlat bermoqda.
20 ta yangi davlatlararo standartlar, to‘qimachilik mahsulotlari, qog‘oz, choy, oyoq kiyimlari, sintetik kauchuk, kofe kabi mahsulotlar va ularni sinov uslublariga tadbiq etilsa ijobiy natijalarga albatta erishasiz.
“O‘zstandart” agentligi tomonidan Yurtimizda ishlab chiqarilayotga va chet davlatlardan olib kirilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish maqsadida, 2017 yil davomida har oyda huddi shunday yangi standartlar joriy etib borilishini ma’lum qiladi.
Shu o‘rinda xalqimizda Zamon senga boqmasa-sen zamonga boq degan hikmatli o‘gitiga amal qilinsa nur ustiga a’lo nur bo‘lur edi.