Noz-ne’matlar zaxirasi

“Muborakneftgaz” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Shahrisabz tumanidagi sovutgichli omborxonasida saqlanayotgan meva-sabzavotlar xalqimiz dasturxoniga peshma-pesh yetkazib berilmoqda. 

1 milliard 800 million so‘mlik istiqbolli loyiha asosida barpo etilgan mazkur omborxona 400 tonnalik sovutish kamerasiga ega. 

–Sovutgichli omborxona xorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan, – deydi omborxona mudiri Baxtiyor Jabborov. – Ushbu texnologiyalar energiya tejamkorligini ta’minlagan holda mahsulotni sifatli saqlash imkonini bermoqda. Bu yerda g‘amlangan mevaning asosiy qismi korxona tasarrufidagi bog‘da yetishtirilgan. Shuningdek, omborxonada ijara asosida fermer xo‘jaliklarining meva-sabzavotlari saqlanmoqda.