“O‘ZSTANDART” nostandart tarozilarga qarshi
O‘rganishlar natijasida Dehqon bozorlaridagi savdo rastalarini davlat qiyoslovidan o‘tkazilgan tosh-tarozilar bilan ta’minlanishning holati va qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazilmagan, nostandart-maishiy tosh-tarozilardan foydalanish holatlari afsuski uchrab turibti.
Toshkent shahridagi dehqon bozorlarida jami savdo o‘rinlar soni 19 317 dona bo‘lib, bundan tarozi talab etiladigan savdo o‘rinlari soni 11 431 donani tashkil etadi. Ikkita savdo o‘rni uchun 1 dona tarozi hisobida jami 5 715 dona tarozilar talab etiladi. Hozirgi kunda dehqon bozorlarda jami 3 661 dona tarozilardan foydalanilmoqda (shundan 2 074 donasi dehqon bozorlari hisobidagi va 1 594 donasi sotuvchilarning xususiy tarozilari).
Dehqon bozorlariga tegishli jami 2 074 dona tarozilardan, 1 156 donasi yoki 55,6% tarozilar qiyoslashdan o‘tkazilgan. Qolgan 918 dona tarozilar mexanik turdagi va ishchi holatda bo‘lmagan elektron tarozilardir.
Shuningdek, Poytaxtimizdagi dehqon bozorlarida savdo jarayonlari uchun jami 1 594 dona dehqon va tadbirkorlarga tegishli xususiy tarozilardan foydalanilayotganligi aniqlandi.
“Qo‘ylq dexqon bozori” AJda foydalanilyotgan 18 dona xususiy tarozilar qiyoslashdan o‘tkazildi.
“Qora-Qamish dexqon bozori” AJda foydalanilyotgan 10 dona xususiy tarozilar qiyoslashdan o‘tkazildi.
“Sirg‘ali dexqon bozor”AJ tomonidan davlat reyestiriga kiritilgan 10 dona zamonaviy elektron tarozi xarid qilinganligi hamda xarid qilingan elektron tarozilarni nazorat tarozi sifatida foydalanilyotganligi ma’lum bo‘ldi.