“Sifatni boshqarish tizimini xalqaro darajaga ko‘tarish”


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatimiz tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama himoya qilish, ularni qo‘llab quvvatlash bugungi kunning ustuvor vazifasi sifatida belgilangan.
Bugungi kunda bu borada Xorazm standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi tomonidan ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyatdagi eksportga ixtisoslashgan 37 ta korxonalar tarmoq jadvaliga kiritildi va tasdiqlandi. Xozirda “Baxt xarakat mevasi” MChJ, “Xorazm Qovunlari” MChJ, “Yuqoribog‘ ne’matlari” AF va “Ishchan Damor” FX korxonalarizda sifat menejment tizimlarini joriy qilish ishlari olib borilmoqda. Ushbu korxonalar bilan xalqaro tan olingan sertifikatlashtirish idoralari “O`zbek-Turk Markazi” MChJ QK va “DQS QUALITY SYSTEMS” MChJ bilan sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish yuzasidan xamkorlik o‘rnatilgan.
Ushbu korxonalar xalqaro darajada sertifikatlangandan keyin butun dunyoga mahsulot eksport qilish uchun yo‘l ochiladi hamda sifat menejmenti tizimini xalqaro tan olishga erishiladi va bu barchamizning umumiy yutug‘imizdir.