Tadbirkorlar va ishbilarmonlar xarakati-O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi tomonidan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb vazifalari” mavzusida davra suxbati Tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida Ochiq muloqat va savol-javoblar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari-O`zLiDeP Fraksiyasi a’zolari, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik gruhi a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent shahar Adliya boshqarmasi, Toshkent shahar Prokuraturasi, Toshkent shahar Bojxona boshqarmasi, Toshkent shahar
Davlat Soliq boshqarmasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk Kadastori dalat korxonasi, Markaziy bank Tokent shahar bosh boshqarmasi, Toshkent shahar Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi, Toshshahargaz, Elektr tarmoqlar va boshqa tashkilotlar mutasaddi rahbar hodimlari ishtirokida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq muammoli masalalar to‘g‘risida Ochiq muloqat va savol-javoblar.
Ochiq muloqat va savol-javobda nazorat qiluvchi organlar vakillari xam qatnashdi. Unda xududimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining muammolari, takliflari muhokama etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi va imtiyozlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga ajratilayotgan bank kreditlari foizlari, soliq to‘lovlari, bojxona to‘lovlari ularni amalga oshirish qoidalari, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ishlari xamda kichik biznesning eksport saloxiyati xaqida ochiq muloqat va savol-javoblar bo‘lib utdi.