Yevropa hamjamiyati davlatlariga eksport qilinadigan mahsulotlarning muvofiqligini baholash
2016 yil milliy maxsulotlarning eksport qilinishi bo‘yicha hisobotga nazar soladigan bo‘lsak, 2016 yilning boshidan buyon 95.1 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilinganligining guvoxi bo‘lamiz. Bu esa o‘z navbatida eksport hajmi 1,2 barobarga oshganligidan dalolat beradi. Iqtisod vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash moddiy-texnika bazasining rivojlantirish uchun mamlakatimizda, hajmi jixatdan 10,5 ming tonnagacha bo‘lgan meva va sabzavotlarni saqlash mumkin bo‘lgan 16 ta yangi muzlatkich kameralar yaratildi. Bu esa o‘sish sur’atlarini yana ham oshishiga imkoniyat yaratadi. “Uzagroeksport” maxsuslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi bashorat qilishicha, asosiy meva va sabzavotlarni yetkazib berish mavsumi, 2017 yilning may oyii oxirlarida boshlanadi.
Mahsulotlarni eksport qilish ishlarini boshlash uchun, eksport va biznes munosabatlarni yaxshilash zarur bo‘lgan mamlakatlar bozorini, shartlari va talablarini o‘rganish zarur bo‘ladi. Shu munosabat bilan maqolamizda Yevropa Hamjamiyati talablarini o‘rganishdan boshlaymiz.
Yevropa Hamjamiyatining kelishilgan qonunchiligiga ko‘ra, №768/2008/YeS (DECISION №768/2008/YeS) qaroriga muvofiq, Yevropa Hamjamiyatining ichki bozorida o‘z nomi (brendi) ostida mahsulotni qadoqlasa, ishlab chiqarsa, ishlab chiqilgan maxsulotga meyoriy xujjatlar talablariga muvofiq qandaydir o‘zgarishlar kiritsa va uni realizatsiya qilsa yevropa standartlari va YeH talablariga muvofiq ravishda maxsulot ishlab chiqaruvchisi bo‘lib xisoblanadi.
Yevropa Hamjamiyatining Direktivalari (ko‘rsatmalari) asosida xamjamiyat hududi bozorlarida joylashtirishdan, realizatsiya qilishdan oldin, iqtisodiy faoliyat sub’ekti (ishlab chiqaruvchi yoki uning YeH dagi ishonchli vakili tomonidan) eksport qilinayotgan mahsulotlarga SE yorliq (CE Marking) quyilishi lozim bo‘ladi, bu esa maxsulotning Yevropa Hamjamiyatining Direktivalariga muvofiqligini anglatadi.
Yevropa Hamjamiyatining ichki bozorida kamchiligi bo‘lgan mahsulotni realizsiya qilgan hollarda, mahsulotni joylashtirgan shaxs, 1999/34/YeS (Directive 1999/34/EC) direktivasi ko‘rsatmasiga muvofiq javobgar bo‘ladi. (Council Directive 85/374/EEC). Ishlov berilishdan oldingi qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan tashqari har qanday mahsulotlar va parrandalar, 1999/34/YeS (Council Directive 85/374/EEC) direktivalar talablariga muvofiq SE yorliq bilan tamg‘alanishi kerak.
Yevropa Hamjamiyatining ichki bozorida mahsulotlarni sotish uchun, quyidagi reglamentlar talablarini bajarish lozim: №339/93 (YeYeS), №765/2008 (YeS), mahsulotlarni sotish uchun 93/465/YeYeS , №768/2008/YeS , milliy texnik reglamentlarni qo‘llash yuklashga bog‘liq jarayonlarni belgilovchi №3052/95/YeS, №764/2008 (YeS) Reglamentlari.
Bunday hujjatlarning qabul qilinishi, bozorni nazorat qilish qoidalarini yaxshilaydi, Yevroppa xamjamiyatiga bugungi kundagi standartlari va Ko‘rsatmalariga mos kelmaydigan xavfli mahsulotlarning kirib kelishiga to‘siq bo‘ladi. Sertifikatlash jarayonlari qonun bilan aniq chegaralab qo‘yilgan va ikkilamchi talqinga ega emas.
Istisnoni quyidagi mamlakatlarda tadbiq qilinadi:
Avstraliya, ikkita axborotlashtirilgan tuzilma mavjud: THERAPEUTIC GOODS ADMINISTRATION (93/42/YeYeS Ko‘rsatma Medical devices), Projects etc Pty Ltd (Low voltage directive 2006/95/EC, 2004/1008/EC Electromagnetic compatibility, 2006/42/EC Machinery directive).
Kanada, yagona tuzilma – NEMKO CANADA INC (99/5/EC Radio telecommunications terminal equipment).
Yaponiya, ikkita tuzilma – UL Japan, Inc (99/5/EC Radio telecommunications terminal equipment), TELECOM ENGINEERING CENTER (99/5/EC Radio telecommunications terminal equipment).
Yangi Zelandiya, bitta tuzilma – UL International New Zeeland Ltd (2004/1008/EC Electromagnetic compatibility, 2006/95/EC (ex-73/23/EEC) Low voltage directive).
Qolgan mamlakatlarda, barcha tuzilmalar o‘zi joylashgan davlatning mahalliy bosqichidagi akkreditatsiyaga ega va vositachi tuzilma sifatida, o‘z nomidan YeS Moslik Sertifikatlarini (EC Certificate of Comformity) berish huquqisiz SE (CE Marking) belgisini qo‘yish huquqi bo‘lgan (CE Marking) sertifikatlash xizmatlarini tavsiya etishlari mumkin.
UH ning kelishilgan texnik qonunchilikning talablari tarqaladigan davlatlar – Avstriya (Avtriya Respublikasi), Belgiya (Belgiya Qirolligi), Bolgari (Bolgariya Respublikasi), Vengriya (Ventriya Respublikasi) Buyuk Britaniya (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyaning Birlashgan Qirolligi), Gretsiya (Gretsiya Respublikasi), Germaniya (Germaniya Federativ Respublikasi), Daniya (Daniya Qirolligi), Italiya (Italiya Respublikasi), Irlandiya (Irlandiya Respublikasi), ispaniya (Ispaniya Qirolligi), Kipr (Kipr Respublikasi), Lyuksemburg (Lyuksemburg Buyuk Gersogligi), Latviya (Latviya Respublikasi), Litva (Litva Respublikasi), Malta (Malta Respublikasi), Niderlandiya (Niderlandiya Qirolligi), Portugaliya (Portugaliya Respublikasi), Polsha (Polsha Respublikasi), Rumqniya (Rumqniya), Sloveniya (Sloveniya Respublikasi), Slovakiya (Slovakiya Respublikasi), Fransiya (Fransiya Respublikasi), Finlyandiya (Finlyandiya Respublikasi), Xorvatiya (Xorvatiya Respublikasi), Chexiya (Chexiya Respublikasi), Shvetsiya (Shvetsiya Qirolligi), Estoniya (Estoniya Respublikasi), Islandiya, Norvegiya, Shveysariya, Lixtenshteyn.
Hozirgi kunda, Serbiya, Makedoniya, Albaniya, Chernogoriya, Bosniya va Gersegovinada, yevropa mosligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi talab etilai.
Ta’kidlash joizki, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilari uchun, YeH bozorlari baho va logistika jihatidan, rivojlanayotgan mamlakatlarning bozorlari o‘sish nuqtai nazaridan nisbatan istiqbollidir. Shuning uchun ishlab chiqaruvchilarda, shaxsiy qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilishga qiziqish bor, ular hamkorlarni faqatgina Polsha yoki Vengriyaan emas, balki Meksika, Braziliya, Keniya, Marokko, Misr, Xitoy va boshqa davlatlardan ham qidirishlari kerak.
Ammo, eksport uchun imkoniyatlar faqatgina davlatlarni sanab o‘tish bilan cheklanib qolmaydi. Yana – qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun ular “oltin tomir” bo‘lgan rivojlanayotgan davlatlar ham bor. Keyinchalik, nima uchun Lotin Amerikasi, Afrika va boshqalarning bozorlariga e’tiborni qaratish kerakligi haqida gaplashamiz.
Rivojlanayotgan davlat bilan hamkorlik nimasi bilan foydali.
So‘nggi 50 yilda qishloq xo‘jalik mahsulotlarining eksport-import operatsiyalari hajmi 5 barobarga oshdi. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan davlatlari bunday o‘sishning asosiy yo‘naltiruvchilaridirlar. Gap shundaki, ularning ko‘pchiligida, qishloq xo‘jaligining rivojlanishi iqlim yoki ijtimoiy-siyosiy omillar sababli qiynlashgan. Shuning uchun, mazkur hududlar agromahsulotlarni katta hajmlarda import qilishga majburdirlar. Ushbu mamlakatlarning bozorlari uchun, eksportchilarni qiziqtiruvchi bir nechta trendlar mavjud:
• rivojlangan mamlakatlarga nisbatan o‘ta qat’iy bo‘lmagan qonunchilik. Shunga ko‘ra, mahsulotlarni ushbu bozorga olib chiqish ancha osonroq.
• aholi sonining o‘sib borishi va iqlimning o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlanayotgan mamlakatlarga qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan o‘z talablarini mustaqil ravishda qondirishga imkon bermaydi. Masalan Xitoy, dunyodagi eng yirik beshta donli o‘simliklarni ishlab chiqaruvchilari qatoriga kiradi va shu vaqtning o‘zida, ularning eng katta importchisi hisoblanadi.
• rivojlanayotgan mamlakatlar, asosan xom ashyoni import qilishadi, chunki u tayyor mahsulotga qaraganda ancha arzonroq. Ukrainaning qishloq xo‘jalik eksporti asosan ashyoviy bo‘lganligi sababli, bizning eksportchilarimizga ushbu bozorlar uchun kurashishga yaxshi imkoniyatdir. Bunda, Ukraina, jo‘xorining esporti bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinda, arpa eksporti bo‘yicha 5-chi va bug‘doy eksporti bo‘yicha 6-chi o‘rinda turadi.
• Lotin Amerikasiga donli, yog‘li urug‘lar, asal va shakar zarur.
2016 yilda ushbu mamlakatlardagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining importi 203 mlrd.dollarni tashkil qildi. Xitoy, Yaponiya, Bangladesh, Indoneziya chiqishdi asosiy import qiluvchilar bo‘lib chiqishdi. Yaqin Sharqda hammadan ko‘p import qilganlar Eron, Qatar, Sudan, Isroil, Saudiya Arabistoni, Yemen bo‘ldi. Asosan donli ekinlar import qilindi (138 169 ming tonna).
Eksport faoliyatining boshlang‘ich bosqichida, eksportni, eksportchilarni kuzatish bilan shug‘ullanuvchi professional konsalting kompaniyalariga murojaat qilish ham juda muhim bo‘lishi mumkin. Eksportning o‘zi, tashkiliy va huquqiy reja tomonidan juda murakkab bo‘lgan jarayonligini ham hisobga olish kerak. Shunday qilib, faqatgina O‘zbekistondan eksport qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning o‘zi o‘ntaga yaqin bosqichga ega – ta’sis shartnomalari, eksport shartnomalari, bitimlar pasportlari, hisob-talabnomalari va boshqalar.
Alohida e’tiborni, milliy faoliyatdan ancha yuqori bo‘lgan eksport faoliyatining hatarlarini ishlab chiqishga qaratish lozim. Chet ellik hamkorlarning ishonchli emasligi, ichki bozorlardagi noqulay iqtisodiy va huquqiy muhit, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning proteksionizmi, biznes uchun asosiy potensial tahdidlarni yaratadi.