Bojxona ittifoqiga a’zo mamlakatlarga meva va sabzavot eksport qilishda, bojxona ittifoqi (EAES) ning xuquqiy va me’yoriy talablarini aniqlash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar» to‘g‘risidagi PF-4848-sonli farmoni, ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, misol tariqasida oziq ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish soxasini oladigan bo‘lsak, hammamizga ma’lumki eksportbop maxsulotlarni ishlab chiqarish, sifat ko‘rsatgichlarini nazorat qilish va uni eksport qilish mobaynida maxsulotning eksport qilinadigan mamlakatning maxsulotga quyilgan meyoriy xujjatlari talablarini o‘rganish, va sifat ko‘rsatgichlarini laboratoriyalarda tekshirilishi talab etiladi. Bugungi kunda mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash siyosati “ming yillik rivojlanish dasturi” talablariga to‘liq javob beradi. Bu esa, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish, saqlash va mahsulotlarni qayta ishlash ishlarini jadal rivojlantirish uchun samarali choralar ko‘rilganini anglatadi. Shuningdek, qishloq infratuzilmasini rivojlantirishda ijobiy tavsiflar ko‘zga tashlanadi.

Gap eksport faoliyatini yaxshilash xaqida ketganda shuni takidlash joizki, sifat masalasi boshqa masalalarga nisbatan yuqori o‘ringa ega bo‘lgandagina biznes keyingi yangi bosqichga o‘tishi mumkin. Ya’ni milliy maxsulotlarimiz sifat ko‘rsatgichlari xalqaro standartlar talablariga muvofiq bo‘lganda, milliy maxsulotlarimizni eksport qilish uchun shartnoma imzolanishi mumkin. Meva va sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun, savdo to‘siqlarini bartaraf etish, eksport-import munosabatini o‘rnatish maqsadida mutaxassislar tomonidan xorijiy bozorlar o‘rganilib, xuquqiy va me’yoriy talablari aniqlanmoqda. Ushbu maqolada biz bojxona ittifoqiga a’zo mamlakatlarga meva va sabzavot maxsulotlarini eksport qilishda bojxona ittifoqi (YeAES)ning talablari xaqida aloxida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

Maxalliy tadbirkorlarni eksport faoliyatini qo‘llab quvattlash masalalarini xal qilish maqsadida, ko‘pchilik tashkilotlar jalb qilingan. Ular orasida “O‘zstandart” agentligi muhim o‘ringa ega. “O‘zstandart” agentligi, bugungi kun aktual vazifasidan bo‘lgan standartlashtirish, mahsulot va xizmatni sertifikatlashtirish, ularni xalqaro talablarga muvofiqlashtirish, mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilinishidagi to‘siqlarni bartaraf qilish kabi masalalarda yordam ko‘rsatadi.

Shuni aytish joyizki, bojxona ittifoqining barcha me’yoriy xujjatlari jaxon savdo tashkiloti me’yoriy xujjatlariga to‘liq muvofiqlashtirilgan. Mahsulotlarni bojxona ittifoqi mamlakatlariga eksport qilinganligi aniq dalillar bilan tasdiqlanganda ya’ni, bojxona xdimlariga mahsulotni eksport qilayotganligini tasdiqlovchi xujjat shartnoma taqdim etilganida eksport qiluvchi korxonalar qo‘shimcha qiymat solig‘i QQS va aksiz to‘lovidan ozod qilinadi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini rivojlantirish bojxona ittifoqi mamlakatlari bozorlarida qayta ishlangan mahsulotlarni ko‘payishi bilan chambarchas bog‘liq va mamlakat iqtisodiyoti va aholi uchun katta axamiyatga ega. Hozirgi kunda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan bojxona ittifoqi mamlakatlariga quyidagi turdagi maxsulotlar, xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportini yo‘lga quyishlari maqsadga muvofiq:

Yangi meva va svbzavotlar

Poliz ekinlari (qovun, tarvuz)

Konservalangan svbzavotlar va sharbatlar ( djem, varenya va boshqalar)

Quruq mevalar (mayiz, turshak)

Grek yong‘oqlari, xandon pista, bodom

Asal, spirtliy ichimliklar, mineral suvlar va alkagolsiz ichimliklar.

Bu mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun, texnik jixatdan tartibga solish, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya majburiy talablarini bajarish zarurdir.

Bojxona ittifoqi mamlakatlarida meva va sabzavot mahsulotlarini xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha muvofiqligini baholash, ishlab chiqaruvchining shaxsiy isboti bo‘yicha deklaratsiya yo‘li bilan o‘tkaziladi.

Yangi sabzavotlarni, kartoshka, poliz-ekinlari, mevalar, rezavorlar, qo‘ziqorin, yong‘oq (ko‘chat va urug‘ materiallaridan tashqari) maxsulotlari muvofiqligini tasdiqlash uchun quyidagi sifat ko‘rsatgichlari aniqlanishi lozim: maxsulot tarkibidagi toksikologik elementlar ( qo‘rg‘oshin, margimush, kadmiy va simob); nitratlar (sabzavotlar uchun); pestitsidlar, mikotoksinlar (alfatoksin V) yong‘oqlar uchun), gijjalar va boshlang‘ich ichak protozoa, tashqi buzilish, aynish alomatlari, achchiq mag‘iz (danaklar uchun); radionuklidlarning miqdori tekshiriladi.

Katta partiyadagi sertifikatlangan meva va sabzavot mahsulotlarini bosqichma bosqich bir nechta avtotransportlarda yagona savdo nuqtasi orqali realizatsiya qilinishida, butun bir partiyaga muvofiqlik sertifikati bir marta rasmiylashtiriladi.Bu xolatda, mahsulot yetkazib berilganda, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan sertifikatdan nusxa yoki tovar-yo‘l xujjatlariga sertifikatlanganligi xaqida belgi qo‘yiladi.

Shu bilan birga, marinadlangan,tuzlangan, quritilgan va yarim tayyor mahsulotlaga muvofiqlik deklaratsiyasini rasmiylatirish zarur.

Sifat nazorati, barcha danakli mevalarda, uzumda, rezavorlar va o‘tlarda yuk kelib tushirilgan vaqtdan boshlab 12 soatdan, sabzavotlar, kartoshka, poliz ekinlari 24 soatdan, sitrus mevalar 48 soatdan kechikmay o‘tkaziladi. Olmalarga esa eng kechki yetilish muddatigacha rasmiylashirilishi mumkin.

Meva va sabzavot mahsulotlari sifati bo‘yicha nazorat ishlari, mahsulotni ishlab chiqaruvchidan tayyorlovchiga, tayyorlovchidan realizatsiya va qayta ishlab chiqarilgunga qadar olib boriladi. Shu bilan birga, mahsulotni standart talablariga muvofiqligini o‘rnatibgina qolmay, balki nomuvofiqligi xam belgilanadi.

Bojxona ittifoqi sanitariya nazorati ostidagi bir qator tovarlarni, bojxona xududiga olib kirilishidan oldin, bojxona ittifoqining sanitariya-epidemiologiya nazorati vakolatli organlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va bojxona ittifoqi yagona shakli ro‘yxatidan o‘tganligi xaqida guvoxnoma bo‘lishi lozim, hamda bojxona ittifoqining yagona sanitariya talablari vakolatli idoralarida va laboratoriyalarida o‘tkazilishi lozim.

Pestitsidlarni toksokologiya-gigenik baxolash. Pestetsidlarni xavfsizlik va sifat ko‘rsatkichlari Bojxona ittifoqiga a’zo davlatlarining belgilangan talablariga javob berishi kerak.

Bojxona ittifoqi davlatlariga nazorat ostidagi tovarlarni import qilishda, veterinariya va sanitariya talablarining bajarilishi doimiy nazorat qilinadi va milliy veterinariya va sanitariya talablaridan ancha yuqori hisoblanadi.

Qo‘shimcha tarzda maxsulotlarni ixtiyoriy sertifikatsiyadan o‘tish mumkin. Muvofiqlik sertifikati, bojxona ittifoqi davlatlarida seriyalik qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga besh yil muddatga beriladi. Mahsulotni partiyasiga sertifikat rasmiylashtirilayotganda muvofiqlik sertifikati yaroqlilik muddati belgilanmaydi. Shuni xam ta’kidlash joizki, bojxona ittifoqiga a’zo mamlakatlar hududida muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilishi bo‘yicha xujjatlar to‘plami, ishlab chiqarish to‘xtatilgan kundan boshlab yoki partiyadagi oxirgi dona mahsulotni realizatsiya qilgankundan boshlab o‘n yildan kam bo‘lmagan muddatgacha saqlanishi lozim(Traktor, pritsep va komponentlarni seriyaliy ishlab chiqaruvchilar uchun).

Umid qilamizki ushbu maqoladan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarining, bojxona ittifoqiga a’zo mamlakatlarga mahsulotlarini eksport qilish bilan bog‘liq va bojxona ittifoqi (YeAES) me’yoriy - xuquqiy talablari xaqidagi savollarga javob olishlarida yordam bera oladi.

Yuqorida keltirilgan mavzu bo‘yicha sizlarni qiziqtirgan savol va takliflaringizni, quyida keltirilgan eletron manzil orqali jo‘natishingiz mumkin: info@tashsert.uz.