“O‘zstandart” agentligi ogohlantirishda davom etadi

Avval xabar qilganimizdek xalqimiz salomatligiga jiddiy xavf solayotgan ayrim mahsulotlar “O‘zstandart” agentligining labaratoryalarida tekshiruvdan o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan mazkur mahsulotlar “O‘zstandart” agentligi Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazining sinov labaratoriyasida tekshiruvidan o‘tkazilgan.

“SAMO-PRODUKT” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan 520 gramm hajmdagi Olxo‘ri murabbosi - tekshiruv jarayonida GOST 7061-88 me’yoriy hujjatning 1.2.5. bandida quruq moddalarning erish ulushi ko‘rsatgich talabi bo‘yicha 68% tashkil etishi belgilanganligiga qaramay, ushbu ko‘rsatgich 64,3 %ni tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, GOST 13799-81 me’yoriy hujjatning 1.5 bandiga asosan mahsulotning haqiqiy og‘irligidagi (netto) og‘ish qiymati ±3 %ni tashkil etishi belgilangan. Sinovga olib kelingan mahsulotning yorlig‘idagi yozuviga asosan 520 grammligi belgilangan bo‘lsada, haqiqatda ushbu ko‘rsatgich 489 grammni yoki og‘ish qiymati ±5 %ni tashkil etitganligi va GOST 13799-81 me’yoriy hujjatning 1.5 bandi talabiga to‘g‘ri kelmasligi aniqlandi.

“SAMO-PRODUKT” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan 520 gramm hajmli olxo‘ri murabbosi GOST 7061-88 va GOST 13799-81 me’yoriy hujjatlarning ba’zi talablariga nomuvofiq ekanligi aniqlandi.

Shuningdek, “Yangi Tohkent Konserva” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan Shaftoli murabbosi - tekshiruv jarayonida GOST 6929-88 me’yoriy hujjatning 1.2.6 bandida quruq moddalarning erish ulushi ko‘rsatgich talabi bo‘yicha 61% va 66%ni tashkil etishi belgilangan. Haqatda esa ushbu ko‘rsatgich 52,2 %ni tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, GOST 13799-81 me’yoriy hujjatning 1.6 bandiga asosan mahsulotning haqiqiy og‘irligi ko‘rsatilishi belgilangan bo‘lsada, ishlab chiqaruvchi tomonidan ushbu ko‘rsatgich ko‘rsatilmaganligi ma’lum bo‘ldi. GOST 13799-81 me’yoriy hujjatning 3.1.6 bandi talabiga asosan mahsulot turi va navi ko‘rsatilishi belgilab qo‘yilgan bo‘lishiga qaramasdan ushbu ko‘rsatgichlar ham ko‘rsatib o‘tilmagan.

“Yangi Tohkent Konserva” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan Shaftoli murabbosi GOST 6929-88 va GOST 13799-81 me’yoriy hujjatlarning ba’zi talablariga nomuvofiq ekanligi aniqlandi.