Olmaliq shahrida sayyor qabul
Respublikamizda 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deya e’lon qilinishi munosabati bilan “O‘zstandart” agentligi tizimida ham bir qator istiqbolli rejalar ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilmoqda.
Jumladan, joriy yilda xalq bilan ko‘proq muloqotda bo‘lish, va tadbirkorlarga amaliy yordam berish maqsadida Sayyor qabul rejasi ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra yurtimizning olis tumanlarida mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda kichik biznes vakillari faoliyatida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimlari bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar haqida batavfsil ma’lumotlarni yetkazish asosiy maqsad qilib belgilangan.
2017 yilning 27 yanvar kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida navbatdagi Sayyor qabul uchrashuvi tashkil etilib, unga shaharda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar va xalq vakillari taklif etildi.
Uchrashuvda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori o‘rinbosari J. Mirsaidov ishtirok etib, yig‘ilish qatnashchilariga Sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad va vazifalarga to‘xtaldi.
Shuningdek, tadbir davomida agentlik tomonidan tadbirkorlarimiz uchun yaratilayotgan qulayliklar, imkoniyatlar haqida gapirilib yig‘ilganlar tomonidan berilgan barcha savollarga javob berildi.