Sirdaryo viloyati aholisi bilan muloqot

Respublikamiz Prezidenti tomonidan 2017 yil yurtimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan “O‘zstandart” agentligi ham o‘z istiqbol rejasini ishlab chiqdi.

Mazkur reja yo‘nalishidan biri bu-Sayyor qabul rejasi ishlab chiqilib Bosh direktor tomonidan tasdiqlandi. Unga ko‘ra joriy yil davomida “O‘zstandart” agentligi rahbariyati viloyatlar hamda olis tumanlarda bevosita xalq bilan uchrashuvlarni tashkil etib, ular tomonidan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishga aloqador bo‘lgan barcha masalalarga amaliy javob berishlari kelishib olindi.

Navbatdagi Sayyor qabul Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida tashkil etildi. Unda tumandagi tadbirkorlar va kichik biznes vakillari, hamda kollej bitiruvchilari qatnashdilar.

Tadbirda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining Matbuot xizmati rahbari A. Rasulov, “Axborot ma’lumot markazi” Davlat korxonasi direktori A. Daminov va Sirdaryo Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Sinov va sertifikatlashtirish markazi rahbarlari ishtirok etib, uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad va vazifalarga atroflicha to‘xtaldilar.

Sayyor qabul tadbirida tadbirkorlar tomonidan berilgan barcha savollar va murojjatlarga shu yerning o‘zida amaliy javob berildi.