Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi “Tamara-Feruza” xususiy korxonasida milliy va zamonaviy uslubdagi liboslar, o‘quvchilar formasi tikish yo‘lga qo‘yilgan.
2009-yil faoliyat boshlagan korxonada ayni paytda 5 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan band.
–Tadbirkorlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan foydalanib, o‘tgan yil kuzda “Mikrokreditbank”ning 40 million so‘mlik krediti hisobidan sexga 15 ta yangi zamonaviy tikuv uskunasi o‘rnatdik, – deydi Tamara Yusupova. – Buning samarasida ish sur’ati va sifati yanada ortdi. Kelgusida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishni rejalashtirganmiz.
Manba: O'zA