Turizmdagi sifat tizimini xalqaro darajaga ko‘tarish

Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shaxri azal azaldan sharq durdonasi bo‘lib kelgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatimiz tomonidan mamlakatimizda turizm va sayyohlik xizmatlarini rivojlantirish va bu borada qulay shart sharoitlar yaratilib kelinmoqda. Jumladan, turizmni rivojlantirishni yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va izchil amalga oshirish, turizmga iktisodiyotning straterik sektori maqomini berish, ushbu sohada barcha hududlarni va o‘zaro bog‘liq tarmoqlarni komleks ravishda jadal rivojlantirish, yaratiladigan yalpi ichki mahsulotda, maxalliy byudjet daromadlarida turizmni ulushini ko‘paytirish, ish bilan bandlikni ta’minlash, aholini turmush darajasi va sifatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni dasturi amal bo‘lmoqda. Mexmonxona va restoranlar turizm sohasini rivojlantirishdagi asosiy omillardan biri xisoblanadi. Bu borada Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat korxonasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hususan, markazning sifat tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi Turkiya davlatining “Turk AK” xalqaro akkreditlash tashkiloti tomonidan akkreditlanmoqda. Idoraning akkreditatsiya doirasiga xalqaro ISO standartlari bo‘yicha mexmonxona va restoranlarda sifat menejmentini joriy etish ham kiritilgan bo‘lib, endilikda sertifikatlangan tizim xalqaro darajada tan olinishiga erishiladi.