Buxoroda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash, mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlariga “O‘zstandart” agentligining Buxoro Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi tomonidan amaliy yordam uo‘rsatilmoqda.
Viloyatda yangidan tadbirkorlik faoliyatini boshlagan non va non mahsulotlari yo‘nalishi bo‘yicha “SHOVARE GOLDEN” MChJ, “ASILBEK AZIZBEK SHIRIN” XK va “RAYHON SHIRIN SAVDO” MChJ, tuz mahsulotlari yo‘nalishi bo‘yicha “Buxoro Baraka tuz” MChJ, qurilish mahsulotlari yo‘nalishi bo‘yicha “Ramazonov Sherali Iskandarovich” MChJ, mebel mahsulotlari yo‘nalishi bo‘yicha “FIRSHAM SERVIS” OK kabi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari amaldagi me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlandi.