Xorazm viloyatida 24 ta korxona o‘zining standartini ishlab chiqdi.

Xorazm viloyatida 2016 yil davomida 24 ta ishlab chiqaruvchi korxonalarda maxsulotlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Jumladan: Metall tayanchlar osti fundamentlari uchun temir beton buyumlar, Yem-xashak yig‘uvchi o‘to‘rgich, Sanitariya – gigiyena mo‘ljalidagi qog‘oz mahsulotlari, Sintetik kukunsimon yuvish vositalari, «KIVA» Kunjut pastasi, Tuxumdan chiqqan tirik mayda baliqlar, Sug‘orish kanallarni mustahkamlaydigan plitalar kabi tashkilotning standartlari Xorazm standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazilib, davlat ro‘yxatiga olindi.

O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunida korxonalar o‘z tomonidan o‘zlarining standartlarini ishlab chiqish imkoniyati berilganligi, ularning asosiy standartlarda ko‘zda tutilmagan o‘z standartlari asosida imkoniyatlaridan kelib chiqib inson xayoti sog‘lig‘i uchun sifatli va xavfsiz maxsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini yaratadi.

Bu bilan tadbirkorlar endi o‘zining maxsulotlarni ishlab chiqarishda, ularni texnikaviy tafsiflari, o‘larga qo‘yiladigan majburiy talablar, normalar, maxsulotning qanday qilib qadoqlanishi, tamg‘alanishi, sinovlardan o‘tkazilishi, saqlash va transportda tashish talablariga rioya etilishi kafolatlanadi. Chunki ushbu tashkilotning standartini ishlab chiqishda bevosita o‘zining ishtiroki bor.

Bu esa mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlanishini asosiy omillaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.