Standartlashtirish va metrologiya sohasida amalga oshirilgan ishlar
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining 2015 yil 7 dekabrdagi 01-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2016 yilda tadbirkorlik sub’ektlarida standart talablari, ulchovlar yagonaligini ta’minlash va sertifikatlashtirish qoidalari ustidan 10ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda davlat nazorati tekshiruvlari belgilangan tartibda o‘tkazildi, o‘tkaziladigan tekshirishlar natijasida O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonun talabi buzilganligi aniqlandi va ma’sullarga nisbatan 10ta ma’muriy jarimalar 1751725 so‘m miqdorida qo‘llanildi va belgilangan tartibda undirib olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2011 yil 28 apreldagi 122–sonli “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaror ijrosini ta’minlashda korxonalarga yil davomida amaliy yordam berib borildi, jumladan: Toshkent viloyati hududida eksport mahsulotlarini yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etuvchi sanoat korxonalarida ISO 9001 halqaro standarti talablariga javob beradigan sifat tizimlarini bosqichma bosqich joriy etish jadvaliga asosan Toshkent viloyati hududidagi korxonalarga Toshkent viloyati SMB, Chirchiq, Olmaliq va Bekobod SSM DKlar mas’ul xodimlari tomonidan halqaro standartlarga muvofiq sifat tizimlarini joriy etish ishlari olib borildi va yil yakunlari bo‘yicha 431ta korxonalarga sertifikatlar rasmiylashtirib berildi.
O‘zbekiston Respublikasi xuquqni muxofaza qiluvchi organlar murojatiga asosan xamkorlikda 9ta korxonada ish olib borildi va natijalari bo‘yicha ma’lumotlar belgilangan tartibda rasmiylashtirib berildi.
Xukumat va Toshkent viloyati xokimiyati topshiriqlariga asosan, boshqarma boshlig‘i Toshkent viloyati Chinoz tumaniga qishloq xo‘jaligi masalalariga biriktirilib, belgilangan vazifalar bo‘yicha ish olib borirdi.
Iste’molchilarni xuquqlarini ximoya qilish xududiy jamiyatlari, soliq, bojxona va moliya idoralari xamkorligida noqonuniy, sifatsiz, standart talablariga javob bermaydigan, xujjatsiz maxsulotlar ishlab chiqarish, olib kelish va sotishni oldini olish maqsadida monitorinlar tashkillashtirib borildi.
Boshqarmaga murojaat qilayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish masalalarida amaliy yordam shuningdek tashkilot standartini ekspertiza qilish masalalarida shartnoma asosida yordam berildi, 2016 yil davomida 531ta tashkilot standarti boshqarma mutaxassislari tomonidan ekspertiza qilindi va ro‘yxatga olindi.
«O‘zstandart» agentligi hamda Toshkent viloyati standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi buyruqlari asosida, sertifikatlashtirish idoralari hamda akkreditatlangan sinov laboratoriyalarida o‘tkaziladigan akkreditatsiya ishlarida boshqarma ekspert-auditorlari qatnashishdi va inspeksion nazoratini o‘tkazishdi, jumladan, metrologiya ishlari va xizmatlarini amalga oshirish huquqi uchun akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari va laboratriyalarida 2016 yilda nazorat yo‘sinidagi tekshruv o‘tkazish reja-jadvaliga muvofiq 4 ta metrologik laboratoriyada inspeksion nazorati hamda akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarida 2016 yilda inspeksiya nazorati o‘tkazish reja-jadvaliga asosan, 18 ta akkreditatlangan sinov laboratoriyalarida inspeksiya nazorati o‘tkazildi.
Hisobot davrida Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan 6ta ishlab chiqarish korxonasining sinov laboratoriyalari ISO/MEK O’z DSt 17025 standart talablari buyicha akkreditatsiyaga tayyorlandi.
Bozorlarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, sotuvchi va xaridorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, iste’mol tovarlarini chakana sotishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish, bozorlarda savdo faoliyatini tartibga solish, bozorlarni zamonaviy o‘lchov vositalari va elektron tarozilar bilan jixozlashnishi yuzasidan monitoring oshlari olib borildi.
O‘tkazilgan davlat nazorati tekshiruvlari yakunlari bo‘yicha, aniqlangan kamchiliklar, ularga sabab bo‘lgan sharoitlarga va ko‘rilgan choralar to‘g‘risida doimo ommaviy axborot vositalarida chiqishni tashkil etib borildi, jumladan: O‘zbekiston teleradikompaniyasining axborot dasturlarida, O‘zbekiston radiosida, Toshkent viloyati “Halq so‘zi” ro‘znomasida va h.k. 24 marotiba chiqishlar tashkil etildi.
Boshqarma va hududiy SSM DKlari bilan hamkorlikda chiqarilgan buyruqga asosan, xaftaning har payshanba, juma kunlari boshqarmada va Chirchiq, Olmaliq hamda Bekobod SSM DKlarda 13 marotaba “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi va 108 tadbirkor qatnashdi, shuningdek 242-11-67 va 249-98-45 telefon raqamli ishonch telefonlari tashkil etilgan va 12 ta tadbirkor murojaat etib ularni masalalalari ijobiy hal etildi. Shuningdek viloyatning Chinoz va Yangiyo‘l tumanlarida hamda Angren shahrida sayyor qabullar o‘tkazildi va ularda 450 ta tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan kichik va o‘rta biznes hamda tadbirkorlik sub’ektlarida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat tizimlarini joriy etishga oid qonun buzilish holatlarini oldini olish, xududiy xokimliklar bilan mavjud muammolarni xal etish borasida boshqarmaning xodimlari viloyat xududlariga biriktirilgan bo‘lib, doimiy ravishda ish olib bormoqdalar, 2016 yil davomida 668 ta tadbirkorlik sube’ktlarida tushuntirish va profilaktika ishlari olib borildi.
Savdo – sanoat palatasi, sinov va sertifikatlashtirish markazlari hamda 1054ta tadbirkorlik sub’ektlar ishtirokida 24ta o‘quv seminar – treninglar o‘tkazildi.
«O‘zstandart» agentligining SMSITI tomonidan tasdiqlangan reja-jadvaliga asosan, boshqarma xodimlarining malakasini oshirish maqsadida 4ta davlat inspektorlari o‘qishga yuborildi va malakasini oshirdi.