Mahsulot eksport qiluvchi kоrxonalar uchun
O‘zbekiston Respulikasi Vazirlar Mahkamasi 2016 yil 31 oktyabrdagi ""O‘zstandart" agentligi rahbariyati tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi “2020 yilgacha bo‘lgan muddatda sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida“gi 298-son qaroriga muvofiq sifat infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi haqida"gi 96-a-sonli rayosat majlisi bayonida belgilangan vazifalarni bajarilishi yuzasidan Xorazm viloyatidagi mahsulot eksport qiluvchi korxonalarda sifatni boshqarish tizimlarini joriy qilish targ‘iboti bo‘yicha 2017 yilning 10 yanvaridan 12 yanvarigacha, Bog‘ot, Urganch va Yangibozor tumanlarida seminar – trening o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Seminar o‘tkazilishidan maqsad tadbirkorlar o‘rtasida raqobat bardoshlikni oshirish, eksport qilinayotgan mahsulotlarning jahon bozorida o‘z o‘rnini mustahkam egallash va mahsuloting sifati va xavfsizligini ta’minlashdan iborat.