ISO 9001 xalqaro standarti ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy mezoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 26 martdagi 1731-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi 298-sonli qarorlari talablariga muvofiq Toshkent shahrida joylashgan korxonalarda 2016 yilda 110 ta korxona va tashkilotlarda sifat tizimlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvali tumanlar kesimida tasdiqlangan va sifat tizimlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvaliga binoan mutasaddi idolalar ishtirokida Toshkent shahrida joylashgan 664 korxona rahbarlariga «Ishlab chiqarishda ISO 9001:2008 seriyali xalqaro standartni joriy etilishi samaradorligini oshirish asosiy mezoni», mahsulot ishlab chiqarishning xayotiy siklida «Standartlashtirish metrologiya va sifat tizimlarini joriy qilishni tutgan o‘rni» yuzasidan tushuntirishlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-sonli “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori talablaridan kelib chiqgan xolda Toshkent shahrida joylashgan dexqon bozorlariga boshqarma xodimlari biriktirilgan bo‘lib, doimiy ravishda dexqon bozorlari tomonidan foydalanilayotgan tarozilar va ularning xolati bo‘yicha nazorat qilib borilmoqda.