Surxondaryo viloyatining eksport salohiyati oshirilmoqda

“O‘zstandart” agentigining Surxondaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi tomonidan 2016 yil davomida 54 ta sinov laboratoriyalarida attestatsiya ishlari o‘tkazildi.

Yuridik va jismoniy shaxslarni standartlashtirishga doir normativ hujjalar bilan ta’minlash va aktuallashtirish bo‘yicha Boshqarma tomonidan 2016 yilda 103 ta korxonaning 2 256 ta me’yoriy hujjatlari aktuallashtirildi. 42 korxonalar 264 turdagi me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlandi.

2016 yilda Boshqarma tomonidan “O‘zstandart” agentlikning Akkreditatsiya va inspeksiya nazorati boshqarmasi bilan kelishilgan holda viloyatdagi 4 ta korxonalarning sinov laboratoriyasini akkreditatsiyadan o‘tkazish ishlarini bajarish va akkreditatsiyadan o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatish belgilangan.

“Agroxizmat-shingdong” MChJ QK sinov laboratoriyasi akkreditatsidan o‘tkazildi. “Surxondaryodonmaxsulotlari” AJ, “Denov-Vino-Arok”AJ, ”Ismoilov Xabibullo” XKga karashli sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyadan o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatilib, hujjatlari Akkreditatsiya va inspeksiya nazorati boshkarmasiga taqdim etildi.

Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmatlar bo‘yicha profilaktika ishlarini o‘tkazish maqsadida, Surxondaryo SMB tomonidan 2016 yil davomida 511 ta tadbirkorlik sub’ektlariga tushuntirish ishlari, 37 ta seminarlar, 13 marotaba Ommaviy axborot vositalarida chikishlar kilindi.

Sifatli, raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulotlarini eksport qilish va Surxondaryo viloyatining eksport salohisyatini oshirish maqsadida, Boshqarmaning Eksportga ko‘maklashish byurosi tomonidan 2016 yil davomida jami 67 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlariga standartlashtirish, metrologiya, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida bepul konsultativ va amaliy yormamlar ko‘rsatitildi.

“O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan 2016 yil reja-grafigiga asosan 5 ta akkreditlangan sinov laboratoriyalarida inspeksiya nazorati o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bularning barchasida inspeksiya nazorati o‘tkazildi.