Andijonda Standartlar ekspertizadan o‘tkazildi.
Andijon standartlashtirish va metrologiya boshqarmasida mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati, xavfsizligi va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida xalqaro standartlarni joriy etish va korxonalar tomonidan ishlab chiqilgan Ts (tashkilot standarti)ni ekspertiza qilish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlariga aloxida e’tibor qaratib kelmoqdalar. Jumladan, yaqinda “Avtokomponent” AJ tomonidan ishlab chiqilgan tashkilot standartlari ekspertiza qilindi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. “Avtokomponent” AJ mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan jamiyat
bo‘lib, hozirgi kunda avtomobillarining ovoz so‘ndirgich tizimi elementlarini ishlab chiqarib “GM Uzbekistan” YoAJ ga yetkazib bermoqda. Ushbu mahsulotlar uchun jamiyat tomonidan TS ishlab chiqilib Andijon Standartlashtirish va metrologiya Boshqarmasi tomonidan ekspertizadan o‘tkazilib, ro‘yxatga olindi.