“O‘zstandart” agentligi ogohlantiradi!
“O‘zstandart” agentligi 2017 yilni yurtimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan agentlikning rasmiy veb-sayti orqali Respublikamiz hududiga kirib kelayotgan va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish vaqtida me’yoriy hujjatlar talablariga nomuvofiq deb topilgan, xalqimiz salomatligiga jiddiy xavf solishi mumkin bo‘lgan sifatsiz mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etib borishni rejalashtirdi.
Aziz yurtdoshlar Sizning salomatligingiz biz uchun muhim.
Hurmatli yurtdoshlar, agar Siz “O‘zstandart” agentligi tomonidan sifatsiz deb topilgan mahsulotlarni bozorlarda va boshqa savdo majmualarida sotilayotganligini guvohi bo‘lsangiz zudlik bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda “O‘zstandart” agentligining (0 371 150 23 00) ishonch telefon raqamlariga habar berishingiz so‘raladi.