O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida” gi qonuniga 2013 yil 30 aprelda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan, O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qo‘llanilishi belgilangan:
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari;
Tashkilotning standartlari;
Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
Shu sababdan O‘zbekiston Rahbariy xujjatlari (O’zRH), tavsiyanomalar (O’zT) toifasidagi me’yoriy xujjatlarning amal qilish muddati 2016 yil 1 yanvardan tugatilishini ma’lum qilamiz.