Yengil sanoat mahsulotlarini xalqaro standartlar talablari asosida sinovlarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi
Ishlab chiqaruvchi korxonalar va tadbirkorlik sub’ektlariga qulayliklar yaratish maqsadida, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi “2020 yilgacha bo‘lgan davrda milliy infratuzilmalar sifatini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 298-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, qo‘shma korxonaning yengil sanoat mahsulotlarini sinash laboratoriyasi 2016 yilning 5 fevralida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilgan edi.
Bu esa o‘z navbatida laboratoriya tomonidan yengil sanoat mahsulotlarini xalqaro standartlar talablari asosida sinovlarini amalga oshirish imkonini berib, laboratoriya tomonidan rasmiylashtirilgan sinov bayonnomalari va sinov natijalari nafaqat ichki bozorda, balki jahon bozorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinishi imkoniyatini yaratdi.
Xususan, laboratoriyamiz tomonidan respublikamizning eng yirik to‘qimachilik fabrikalari MChJ “OQ SAROY TEKSTIL”, MChJ “O'z fant”, MChJ “Yousangtex” QK, MChJ “BERAD TEKS”, MChJ “Daka-Tex” korxonalarga xalqaro sinov talablariga muvofiq, sinov ishlari o‘tkazildi. Bu esa ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar Qozog‘iston, Xitoy, Turkiya va Rossiya kabi davlatlarga eksport qilinishiga yordam beradi.
Bu esa eksport qilinayotgan mahsulotlarimizni jahon bozorlarida o‘z o‘rnini topishda hamda “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” brendi nomi yanada mashhur bo‘lishiga olib keladi.