Yunusobod tumani xokimligida seminar o‘tkazildi
Joriy yilning 18 yanvar kuni Yunusobod tuman xokimligida, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi xamda “Toshkent shahar sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining sifat tizimlarini joriy etish bo‘limlari boshliqlari, xokimiyat vakillari, sertifikatlashtirish idoralari rahbarlari ishtirokida tumanda joylashgan eksportyor korxonalarda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish bo‘yicha yuzaga keladigan savollar xamda menejment tizimlarini joriy etish sohalariga oid o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminarda 50 ga yaqin eksportyor korxonalardan tashrif buyurgan vakillar ishtirok etdilar.
Seminarda “Management Quality System” idorasi rahbari Xakimov Raximjon Rustamovich, Yunusobod tumani “Ijtimoiy-iqtisodiy masalalar” bo‘yicha xokim muovini Qosimov Sardor Alisherovich, Toshkent shahar statistika boshqarmasi “Tadbirkorlik va bank-moliya xizmatlar statistikasi” bo‘limi mutaxassisi Shavkat Samadov so‘zga chiqdilar.
Ushbu seminarda sifat tizimlarini joriy etish istagini bildirgan korxonalarga bugungi kunda mahsulotni eksport qilishda sifat tizimlarini ahamiyati, xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etgan eksporter korxonalarga xukumat tomonidan berilgan imtiyozlar to‘g‘risida batafsil tushuntirib o‘tildi va sertifikatni olish bilna bog‘liq jarayonlar muxokama qilindi. seminarda ishtirok etgan korxona vakillariga shartnoma nusxalari taqdim etildi.